Nima uchun tahlillar vaqtida qon nomsiz barmoqdan olinadi?
Nima uchun tahlillar vaqtida qon nomsiz barmoqdan olinadi?
Oramizda har bir inson umri davomida bir marta bo‘lsa ham kasalxonada qon tahlili topshirgan bo‘lishi aniq. Qon tahlili inson salomatligining ayni vaqtdagi holatini aniqlashdagi muhim va birlamchi omillardan sanaladi. Bu avvalo inson organizmidagi shakar darajasini aniqlash uchun ham kerak.

Tahlil olish xonasiga tashrif buyurgan inson borki, qon olishda shifokorlar faqatgina nomsiz barmoqdan foydalanishlariga diqqat qaratgan bo‘lishlari tabiiy. Shifokorlarning ushbu tanloviga sabab nima ekanligini bilasizmi? 

Qon tahlillarini topshirish uchun shifokor huzuriga kelgan har bir insonni qaltiroq bosishi tayin: Mutaxassis qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan kichik tig‘ va bir nechta naychalarni ish jarayoniga xozirlaydi. Keyin esa shifokor nomsiz barmoqning uchini qattiq kuch bilan bosib turgan holatda undan qon olishga kirishadi va naychani kerakli miqdordagi qonga to‘ldirib oladi. Yana bir necha daqiqadan keyin esa dahshatli daqiqalar ortda qoladi - barmog‘ingizdagi paxta bo‘lagini qattiq ushlab turgan bir vaqtda nima uchun tahlillarning aynan mana shu barmoqdan olinishi haqida o‘ylab qolasiz.  

Aslini olganda, shifokorlarning aynan nomsiz barmoq borasidagi tanlovlari bejizga emas. Buning uchun kerakli ko‘rsatmalar ham, asosli sabablar ham yetarlicha. Ularning biri xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq. Gap shundaki, inson tanasi va terisiga yetkazilgan harqanday zarar, jumladan igna yoki kichik tig‘ yordamida teshilgan joy ham zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tibbiyotdan yaxshi ma’lumki, insonning qo‘l va oyoqlari orqali tanaga tushgan infeksiya nisbatan juda tez tarqaladi. Agar tanaga infeksiya tushib qoladigan bo‘lsa, uni aynan qo‘l yoki oyoqda, shunindek barmoqning o‘zidayoq rivojlanishdan to‘xtatish osonroq bo‘lar ekan.

 

Ikkinchi muhim sabab shundan iboratki, nomsiz barmoqdagi jarohatlar boshqalariga nisbatan tezroq tiklanadi. Ushbu nozik jihat esa o‘z navbatida qon orqali zaharlanish ehtimolini avtomatik ravishda kamaytira oladi. Bundan tashqari, u inson qo‘llaridagi eng kam ishlaydigan barmoqdir, ushbu jihat ham jarohatning qayta tiklanishida kattagina ahamiyatga ega.

Nomsiz barmoq terisi nozikroq bo‘lgani uchun ham uni tig‘ yordamida teshib olish juda oson, jarohat ham tez fursatda bitib ketadi. Shu sababli ham shifokorlar nomsiz barmoqni qon tahlillarini olish uchun eng munosibi degan qarorga kelganlar. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook