просмотров
Vazn ortib ketganida o’rikni parxez mahsuloti sifatida iste’mol qilish zarur. Butunjahon dietologlari o’rikni moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish jarayoni uchun juda foydali mahsulot degan umumiy fikrga keldilar.
Har kuni meva donalarida 100 gr iste’mol qilinganda muntazam ich kelishini ta’minlash va ichaklardagi gazdan halos bo’lish mumkin. O’z tarkibida yuqori miqdorda temir moddasini saqlagani bois o’rik qon ko’payishi jarayoniga ta’sir ko’rsatadi va 250 gr meva donalari jigarga yordam beradi.
Miyaning faol ishlashi uchun magniy va fosforga boy meva donalari zarur. Tarkibidagi magniy esa ko’tarilgan qon bosimini pasaytiradi. Agar gipertoniyadan aziyat cheksangiz, pishib yetilgan mavsumda iloji boricha ko’proq iste’mol qiling.
Asab-mushak ta’sirchanligida ularni o’z xoliga keltirish uchun o’rik tarkibida ko’p miqdorda mavjud bo’lgan kalsiy zarur. Shu tufayli bu borada meva donalari davolovchi vosita sifatida hizmat qilishi mumkin.
O’rik mevalari tarkibidagi 10,5 foiz shakar o’ziga hos mayin ta’mni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, unda inulin, olma, limon, tabiiy vino kislotasi, dubil moddalari, kraxmal, pektin mavjud bo’lib, ular organizmdagi ortiqcha xolesterin va zaharli mahsulotlar almashinuvini yo’qotadi.
O’rik iste’mol qilish mumkin bo’lmagan holatlar:
Tarkibida katta miqdorda saxaroza saqlovchi o’rik mevasini qandli diabet kasalligida iste’mol qilish mumkin emas.
Uni gipotirioz xastaligida ( qalqonsimon bez vazifalarining pasayishi) va gepatit (jigar yallig’lanishi kasalliklarida) qo’llash tavsiya etilmaydi. Bu holatlarda o’rik tarkibidagi A provitomini va karotin organizmda singmaydi.
O’rik danagining mag’zini yeb lazzatlanish uchun emas, uning tarkibida glikozid amigdalin bo’lib, u ichakda yorilib, to’qimalar uchun o’ta kuchli zahar hisoblangankislota hosil qiladi. O’rik mag’izlari og’ir zaharlanishga sabab bo’lishi mumkin. Dorivor maqsadlarda uning kunlik meyori 20 gr ni tashkil etadi.
O’rik qaynatmasi
Quruq mevalar ichidan yoqimli mazaga ega turshakni tanlaganingiz ma’qul. Quritilgan o’rik tarkibida kaliy tuzlari yangi uzilgan mevalarga nisbatan olti barobar ko’proq bo’ladi. Buning sharofati bilan o’rik yurak-qon tomir kasalliklarida, ayniqsa aritmiya va yurak yetishmovchiligida yordam beradi.
Сообщения из Facebook