просмотров
"Haqiqat lablari" Rimning eng g'ayrioddiy va mashhur joylaridan biridir. Yolg‘onni suv qilib ichadigan odamlar bu yerga kelgan paytda haligacha qattiq qo‘rquv ichida bo‘ladilar.
Detektor Plaza della Boca delo Verita maydonida joylashgan.
Medalon Avliyo Mariya in Kosmedin ibodatxonasining yonginasida joylashgan bo‘lib, tahminlarga ko‘ra, u I asrda barpo qilingan antik favvoraning bir qismi bo‘lgan va katta ehtimol bilan qadimiy ilohlardan biri bo‘lmish Okeanus tavsirini yodga solgan. Bundan tashqari olimlar uning Tibr daryosi ilohi haykali bo‘lishi mumkin ekanliginini ham aytishadi.
Haykal aylana ko‘rinishda bo‘lib, erkak kishi qiyofasini yodga soladi. Marmardan ishlangan detektorning yuzida salobatli soqol tasviri ham bor, umumiy diametri esa 1,75 metrni tashkil qiladi. Haykalning ko‘zlari dum-dumaloq, og‘iz qismi o‘rnida esa ulkan teshik joylashgan.
Tahminlarga ko‘ra, "Haqiqat lablari" eramizdan avvalgi 4 asrda yaratilgan va XVII asrga qadar dekor elementi vazifasini o‘tab bergan. O‘rta asrlarga kelib esa odamlar uning og‘iz qismiga qo‘l qo‘yilgan vaqti, yolg‘onchi odamlarning qo‘li kesib olinishiga ishona boshlaganlar.
U o‘rta asrlardagi haqiqat detektori sifatida mashhurlikka erishgan. Aytishlaricha, qo‘lini haqiqat lablarining ichiga solib, o‘sha vaqtda yolg‘on so‘zlagan odam detektorning jazosiga duchor bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrimlar o‘z vaqtida uning orqa tomonida jallod turgani, aybi isbot etilgan yolg‘onchilarning qo‘lini haqiqatan uzib olganini aytadilar. Biror yolg‘onni isbotlash uchun aybdorlarni aynan mana shu yerga olib kelish odat tusiga kirgan.
"Haqiqat lablari" mashhurligi shunchalar oshib ketganki, uni bir necha filmlarda ko‘rish ham mumkin. Odri Xepbern va Gregori Pek ishtirokidagi afsonaviy "Rim ta’tillari" qilmida ham aynan uning ishtirokidagi sahna mavjud ekanligini eslaysizmi?
Bugungi kunga kelib esa Rimga tashrif buyurgan insonlar"Haqiqat lablari" ko‘rinishidagi esdalik sovg‘alari, turli o‘yinchoqlar va kichik qurilmalarni harid qilishlari mumkin.
Сообщения из Facebook