O’zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar
O’zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar
O’zbek shou biznesi iqtidorli yulduzlarga juda boy. Xalqimiz juda boy tarixga ega, ajdodlarimizdan dunyoga mashhur allomalar, shaxslar yetishib chiqqan. Ushbu maqolamizda Rossiyada yulduzga aylangan vatandoshlarimiz haqida so’z boradi.

Aktrisa Ravshana Kurkova

Aktrisa Ravshana Kurkova

Ravshana Kurkova (qizlik familiyasi Matchonova) 1980 yil 22 avgust kuni Toshkentda aktyorlar oilasida tig’ildi. Otasi – o’zbek kino va teatr aktyori Bahrom Matchonov, onasi – aktrisa Ra’no Kubayeva. Toshkentdagi kolledjni bitirgandan keyin Moskvadagi davlat pedagogika universitetining filalogiya fakultetiga o’qishga kiradi. Parallel ravishda kastinglarda qatnashib, kinolarda rol o’ynaydi. Hozirda Ravshana Rossiya kinomatografiyasida yorqin rollari bilan ko’zga tashlangan iqtidorli aktrisa hisoblanadi.

Nargiz Zokirova

Nargiz Zokirova

Nargiz Zokirova 1970 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida mashhur Zokirovlar sulolasiga taalluqli bo’lgan oilada dunyoga kelgan. Otasi – Po’lat Morduhayev, onasi – Luiza Zokirova. 14 yoshidan qo’shiqchilik faoliyatini boshlagan Nargiz ko’pgina tanlovlarda ishtirok etgan. 90 yillarning o’rtalarida u AQSHga ko’chib o’tgan. 2013 yilda esa Rossiya televideniyasidagi “Golos” musiqali loyihasida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o’rinni egalladi. Hozirgi kunda u Rossiyaning mashhur yulduzlaridan biriga aylangan.

Sogdiana

Sogdiana

Sogdiana – haqiqiy ismi Oksana Vladimirovna Nechitaylo 1984 yil 17 fevral kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. U san’atkorlar oilasida tug’ilmagan bo’lsada, yoshligidan qo’shiq kuylashga qiziqqan. “Yurmala” dagi tanlovga tayyorgarlik korayotgan paytda o’ziga Sogdiana taxallusini tanlagan. Qo’shiqchi hayotidagi o’zgarish uning Rossiyadagi «Фабрика звёзд» shousidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu shouda g’oliblikni qo’lga kiritmagan bo’lsa ham, Rossiyalik tomoshabinlarning katta olqishiga sazovor bo’ldi.

Aziza

Aziza

Aziza Muhamedova 1964 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tavallud topdi. 16 yoshida u “O’zbekkontsert” qoshidagi “Sado” estrada ansambilining solistlaridan biriga aylandi. 1988 yilda Yurmaladagi Butunittifoq tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Mana shu muvaffaqiyat pallasida u Moskvaga ko’chib o’tdi va o’zining yakkaxon ijodini boshladi.

Farhod Mahmudov

Farhod Mahmudov

Farhod Mahmudov 1972 yil 9 may kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Kino olamiga u tasodifan kirib kelgan. 14 yoshida unga “Bo’rilar” nomli qisqa metrajli filmda suratga tushishni taklif qilishgan. Bu filmdagi roli unga shuhrat olib keldi. Shundan keyin u birin-ketin yana bir qancha filmlarda rollar ijro etdi. Ushbu kasbga qiziqishi ustun kelib, u o’rta maktabni bitirishi bilanoq Moskvaga ketib, Butun Rossiya davlat kinemotografiya institutiga o’qishga kirdi. O’qishni bitirgandan keyin u teatr va kinoda rollar ijro eta boshladi. Haqiqiy mashhurlik va shuhrat Farhodga rus mafiyasi haqidagi “Brigada” serialidan keyin keldi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook