просмотров
Uzun bandli og’ir sumka
Ichiga anchagina buyumlarni joylashtirish imkoni bo’lgan shu zayldagi sumkalarning vazni ancha og’ir bo’lib, uni ko’tarish natijasida yelka, bo’yinda noxush og’riq turib, ushbu hol bosh og’rig’iga sabab bo’ladi.
Sumkangizni tez-tez reviziyadan o’tkazing. Kerak bo’lmagan buyumlardan uni ozod eting. Sumkani galma-galdan u qo’ldan bu qo’lga olib yuring. Yaxshisi, yelkaga yoki yelka qiyalamasiga osib olishni maslaxat beramiz. Shu yo’l orqali sumka og’irligi butun tanaga teng taqsimlanadi. Sumkangizning og’irligi tana vazningizning 10%idan oshmasligi kerak.
Ko’pchiligimizda ish kuni davomida to’satdan bosh og’rig’i ruju qilib qoladi. Buning asosiy sabablaridan biri- ofis ichimligi sifatida suvdan voz kechib qahvani tanlaganmiz. Qaxva peshob haydovchi vosita bo’lib, organizmning suvsashi oqibatida qon aylanish faoliyati sustlashadi va bu holat miyada ham takrorlanadi.
Doim yoningizda gazlanmagan toza ichimlik suvi bo’lsin. Uni kun mobaynida oz-ozdan iste’mol qiling. Yodingizda tuting, bosh og’rig’i ratsioningizda magniy, sink kabi ayrim foydali moddalarning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi. Shu bois qattiq parxezdan saqlaning. Yoz oylarida suyuqlik ichish miqdori 2 litrdan kam bo’lmasligi kerak.
Ta’mni kuchaytiruvchi moddalar
Ajablanarlisi shundaki, ba’zan bosh og’rig’iga siz tomondan iste’mol qilinayotgan oziq ovqatlar ham sabab bo’lishi mumkin : chuchvara, chips, mayonez, kreker, konserva maxsulotlari, kolbasa, tez tayyorlanadigan sho’rvalar.
Kutilmagan og’riqni oldini olish maqsadida tayyor mahsulotlar tarkibiga ahamiyat bering. “Ta’m kuchaytiruvchi”, “ta’mga qo’shimcha” va “E621” yozuvlaridan ehtiyot bo’ling.
O’tirib ishlash va qattiq hayajon
Ish stolida zo’riqib ishlash, asabiylashish, yelka va bo’yin mushaklarida kuchli og’riqni paydo qiladi. Ushbu hol xizmat doirasidan kelib chiqib uzoq vaqt muqim o’tirish orqali ro’y beradi.
Dilhiralik va janjaldan uzoqroq bo’lishga harakat qiling. Qadingizni tik ushlab, xona bo’ylab yurish ham foydadan holi bo’lmaydi. Kompyuterda ishlayotganda vaqti-vaqti bilan boshingizni stul suyanchig’iga qo’yib, yuqoriga qarab o’tirsangiz, bo’yin mushaklariga dam berib bosh og’rig’i boshlanishining oldini olasiz.
Сообщения из Facebook