просмотров
1. Honaki hayvonlarning kiyimingizda qolgan junidan xalos bo’lish
2. Zirapchani chiqarib olish
3. Yaradagi qon oqimini to’htatish
4. Poyafzalingiz bog’lagichlarining uchini tuzatish
5. Skotchdan noodatiy xaykallar yasash
6. Manikyur qilishingiz
7. Xira oynani shaffofga aylantirishingiz
8. Grafenni ixtiro qilishingiz mumkin.
1. Honaki hayvonlarning kiyimingizda qolgan junidan xalos bo’lish
Agar uyingizda xonaki hayvonlaringiz bo’lsa shubhasiz sizga kiyimni jundan tozalash kabi muammo tanish. Odatda bu maqsadda yopishqoq valik sotib olinadi yoki qo’l bilan kiyim ustidan yurgiziladi. Ammo, ikkinchi usul juda ham foydali emas, bundan tashqari yoningizda valik ham bo’lmay qolishi mumkin. Bu holda skotchdan foydalanishmumkin: rulondan jinday skotch bo’shatib uning yopishqoq tomonini kiyimga qo’yib,keiyn birdan torting – kiyimga yopishib qolgan barcha junlar skotchga o’tadi. Darvoqe, sevimli sviteringizni ham to’qimaga zarar yetkazmasdan huddi shu usulda jun tolalaridan tozalab tashlashingiz mumkin.
2. Zirapchani chiqarib olish
Agar zirapcha juda ham chuqur o’tirmagan bo’lsa uni badandan chiqrib tashlash uchun skotchdan foydalansa bo’ladi. Skotchni terining shikastlangan joyiga qo’yib zirapcha qaysi yo’nalish bo’ylab kirgan bo’lsa shu yo’nalish tarafga skotchni keskin tortib yuborish kerak. Faqat bittan narsaga e’tibor bering, zirapchani asta sekin chiqarib olishga urinmay buni juda tez bajarish kerak. Aks holda zirapcha sinib qolib,bir qismi terining ichida qolib ketish ehtimoli bor. Agar hammasini to’g’ri bajarsangiz, zirapcha juda oson chiqib ketadi. Bu usulda zirapchani chiqarib tashlashning odatiy kavlab chiqarish usulidan afzalliroq tarafi shundaki, terida ortiqcha shikastlanishlar qolmaydi va yara chuqurlashib ketmaydi.
3. Yaradagi qon oqimini to’htatish
Agar siz chuqur bo’lmagan lekin og’rig’i zo’r jarohat bilan yaralangan bo’lsangiz-u qon hech to’htamasa, shikastlangan joyni yaxshilab yuvib tashlang, ochiq yaraning qirralarini birlashtirib shu joyga skotch yopishtirib qo’ying – qon darhol to’htab qoladi. Lekin,dorivor moddalar qutisiga yetib olganingizdan keyin yaraga yod yoki zelyonka bilan ishlov bering.
Huddi shu usulda qavariqlar paydo bo’lishining olini olish maqsadida skotchdan foydalanish mumkin. Agar poyafzalingiz yurganingizda oyoq kaftingizni tinmay ishqalab ketayotgan bo’lsa-yu, yoningizda leykoplastir bo’lmasa shu joyga skotch yopishtirib qo’ying: teringiz poyafzal bilan bevosita aloqadan halos bo’ladi, bu esa oyoq kaftingizga ancha yengillik yaratadi.
4. Poyafzalingiz bog’lagichlarining uchini tuzatish
Vaqt o’tgan sari poyafzaldagi eng yuqori sifatli bog’lagichlarning uchi ham yaroqsiz holga kelib qoladi va ularni poyafzaldagi teshikchalarga o’tkazish juda qiyin bo’lib qoladi. Agar titilib ketgan uchlarni skotch bilan yig’ib o’rab qo’yilsa ular deyarli yangidek ko’rinib turadi. Bundan tashqari, ularni teshikchalarga o’tkazish ham ancha osonroq bo’lib qoladi.
5. Skotchdan noodatiy haykallar yasash
Hozirgi paytlarda san’at ahli, xususan haykaltaroshlar skotchdan aynan shu maqsadda foydalanadilar. Ayrimlar, misol uchun Mark Djenis skotchdan tabiy kattalikdagi odam shakllarini yaratadi.Buning uchun odamning ustiga eskirgan, yopishib turadigan kiyim kiygizib, skotch bevosita kiyimga yopishib qolmasligi uchun kiyim ustidan ingichka oziq-ovqat plyonkasi bilan o’raladi. Keyin plyonkaning ustidan skotch yopishtiriladi. Mutaxassislar oldindan uzunligi 15-20 santimetr bo’lgan qiyqimlarni tayyorlab olib, keyin “model”ning badaniga bir necha qatlam qilib yopishtirishni tavsiya etadilar. Xaykal tayyor bo’lganida skotchning chips qatlamlari “model”ning badanidan ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi, so’ngra kesilgan joylarda yana skotch yordamida yoki turg’un yelim yordamida bir biriga yopishtiriladi. Albatta, huddi shu usulda istalgan boshqa narsa ham o’rab chiqilib, uning shaklini yaratish mumkin.
6. Manikyur qilish
Buning uchun o’rtacha yopishqoqlikdagi skotch bilan tirnoqlar uchun lak ishlatilishi kerak. Dastavval skotch tirnoqda qanchalar mustahkam turishini tekshirib ko’ring, chunki u zarur paytda oson ko’chishi kerak bo’ladi. Agar hammasi joyida bo’lsa bevosita tirnoqlarni tayyorlashga o’tish mumkin. Eng avvalo tirnoqlarni lak bilan bir qatlam surib uni qurib qolishini kutib turing. Keyin skotchni turli shakllarda kesib chiqing – kvadrat, uchburchak, abstraktsiya ko’rinishlarida!
Shakllarning o’tkir burchaklari ko’proq bo’lishi maqsadga muvofiq. Shundan so’ng skotchni tirnoqqa yopishtiring va uning ustidan boshqarangli lak bilan surtib chiqing. Lak qurib bo’lganidan so’ng skotchni pintset yordamida ehtiyotkorlik bidan chiqarib tashlang. Natijada tirnoq ustida abstrakt bezaklar paydo bo’ladi. Tirnoq ustiga skotch yopishtirib keyin ajratib olingan joylarda avval surtilgan lak ko’rinib turadi. Oddiyroq qilib aytganda skotchdan tirnoq ustiga tushiriladigan bezaklar uchun qolip sifatidan foydalanishning oddiy bir usuli.
7. Xira oynani shaffof oynaga aylantirish
Agar skotchni xira oynaga yopishtirsangiz u orqali hamma narsani shaffof oyna orqali ko’rganday aniq va ravshan ko’rish mumkin. Gap shundaki, yorug’lik xira oynaning yuzasiga tushib tarqalib ketadi, skotchdagi yelim qatlami esa xira oynadagi noteksiliklarni tekislab, natichada yorug’lik nurlari bu oyna orqali o’tishi ancha osonlashadi.
8. Grafenni ixtiro qilish
Grafen — bugungi kunda insoniyatga ma’lum barcha materiallar ichidagi eng mustahkami bo’lgan biratom qalinligidagi o’ta ingichka uglerod qatlami. O’z qalinligi tufayli u juda shaffof. Ammo eng qizig’i uning ajoyib xususiyatlari emas, ushbu material dastlabda olingan uslubidir. Grafen yaratilishi uchun uning ixtirochilari Andrey Geym va Konstantin Novosyolovlarga skotch kerak bo’lgan.
Tadqiqotdchilar oddiy qalamni olib, grafitga skotch yopishtirib, keyin uni ajratib oldilar –skotchning yopishqoq tarafida qalinligi bir atomga teng grafit qatlami qolgan. Shundan keyin skotchni ximikatlar yordamida eritilganidan so’ng natijada grafen hosil bo’lgan. Bu tajribani bemalol uyda ham qaytarish mumkin.
Сообщения из Facebook