просмотров
Ertalab qat'iy jadvalga rioya qilish juda muhim, chunki u butun kunni tartibga solishga yordam beradi.
Muvaffaqiyatli odamlar erta tongda turishadi. Ko'pchilik sovuq dush qabul qiladi yana ayrimlar esa yugurishga ulgurishadi.
Ishlashni boshlashdan oldin puxta o'ylashadi
O'z maqomini saqlab qolish uchun, muvaffaqiyatli odamlar kelgusi kun va asosiy rejalar haqida 10 daqiqa o'ylamasdan ishlashni boshlamaydilar. Yaxshi boshlash yaxshiroq natijalarga erishishga yordam beradi.
Kichik qadamni ham rejalashtirishadi
Ko'pgina milliarderlar, sportchilar va omadli shaxslar kundalik vazifalarini vaqtning kichik qismlariga ajratadilar. Ko'pchilik yarim soat yoki bir soat uchun reja tuzganda, muvaffaqiyatli odamlar hattoki bir necha daqiqa uchun ham reja tuzishadi.
Ular ishni eng katta topshiriqlardan boshlashadi
Tadqiqotlarga ko'ra, unumdorlik pasaygunga qadar biz 5 dan 6 soatgacha ishlashga e'tibor qaratishimiz mumkin. Shuning uchun, muvaffaqiyatli odamlar kunni murakkab ishlardan boshlaydilar.
Ular tanaffus qilganlarida, istalgan yumushini qilishi mumkin. Faqatgina ishni emas.Tushlik paytida ishlash, albatta, noto'g'ri. Bo'sh vaqtingizni kuch va dam olish uchun ishlatishingiz kerak. Masalan, Bill Geyts tanaffuz chog’ida qarta o'ynaydi.
Albatta, siz ishdan keyin dam olishingiz va tiklanishingiz kerak. Kechgacha ishlamang. Biroq, muvaffaqiyatli odamlar ishdan keyin vaqtlarini hayotlarini yaxshilaydigan narsalarga sarflashadi. Ular loyihalarni amalga oshiradilar va sevimli mashg'ulotlariga vaqt ajratadilar.
Masalan, Ilon Mack kun oxirida mutolaa qilishni yaxshi ko'radi. U har kuni ikkita kitob o'qiydi, bu unga ilhom bag'ishlaydi. Maskning eng sevimli kitobi – “Uzuklarning Egasi”.
Hayotingizni yaxshilaydigan yana bir faoliyat chet tilini o'rganish bo'lishi mumkin.
Uyqu juda muhimdir. Faqat yetarli uyqu bilan kun bo'yi samarali ishga qo’l urishingiz mumkin.
Muvaffaqiyatli odamlar ortida chuqur ma’no bo’lmagan hech bir ishga qo’l urishmaydi.
Bir lahzalik hayot bilan yashamang. Sizda hayotga bo’lgan maqsad, jiddiy va muhim sabab bo'lishi kerak. Muvaffaqiyatli odamlar doimo o'zlarining xatti-harakatlari haqida o'ylashadi va ularning harakatlari doimo yaxshi tashkil etilgan.
Сообщения из Facebook