просмотров
Benkov Pavel Petrovich. Muallif Zinaida Kovlevskaya. 1945-yil
1945-yili Pavel Benkov safdoshi - shogirdi Zinaida Kovalevskaya bilan bir - birlarini portretlarini chizishdi.
Kovalevskaya Zinaida Mixaylovna. Muallif Pavel Benkov. 1945-yil
Pavel Benkov, hayotni ko‘p ko‘rgan, yoshi ulug‘ odmlar suratini chizishni yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri "Ilg‘or kolxozchi portreti" edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks ettirilgan.
Portret iliq gammada ishlangan bo‘lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan . Samarqandda o‘tgan hayoti tematik kompozisiyalar, maishiy kartina va portretlarga boy bo‘ldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.
U o‘zining 20-yillik ijodida "Bibixonim" da bahor, "Bahor", "Shaftoli gulladi", "Tokzorli hovli", "Kuzdagi hovli" kabi manzaralini yaratdi. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan asarlardan Pavel Benkovning naqadar kuchli rassom bo‘lganligiga iqror bo‘lishimiz mumkin.
Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog‘langan. U Samarqand rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy san’at sirlarini o‘rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.
Shularorasida O‘zbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullayev, Malik Nabiyev, Abdulxaq Abdullayev, Zinaida Kovaleskaya, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arboblari - rassomlar Yusuf Yelizarov, Rashid Temurov va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Uning pedagogik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, yoshlarga bo‘lgan mehrida edi. U o‘z o‘quvchilariga kundalik hayotni sevish uni go‘zalligini ko‘ra bilish va bu go‘zallikni o‘z asarlarida aks ettirishni uqtirar edi. Naturani to‘g‘ri anglab chizishni, fikr yurgizishni, xotiradan chizish, tasavvurini kuchaytirishni doim talab qilar edi. Muntazam ravishda naturadan soya-yorug‘ ranglarini o‘zgarishini chizib ko‘rsatar edi.
Shohi Zindada musavvirlar. 1943-yil
Benkov yoshlarda san’atga bo‘lgan ijodiy qobiliyatini uyg‘otish kabi muhim qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida Benkov o‘z tajriba, bilimini ayamadi .
1936- yili Leningraddagi sobiq ittifoq ko‘rgazmasida Benkov va uning o‘quvchilarning ijodi namunalari yuqori baholar oldi.
Bu ajoyib inson, o‘z asarlari kabi yorug‘, sahovatli edi. Shu yillar Respublika rassochilik maktabini Bahrom Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkentboyev, L.Abdullayev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Penza bilim yurtlarini I.Ikromov, A.Siddiqiy, O'rol Tansiqboyevlar tamomlab ijodga yo‘llanma oldilar.
Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning "To‘y (1932)", Bahrom Xamdamiyning L.Abdullayevning "Paxta terimi (1931)", Roziqovning "Maktabga(1932)" asarlarida namoyon bo‘ldi.
Сообщения из Facebook