просмотров
Selderey- ozish uchun mo’ljallangan vositalar tarkibidan o’rin olgan.
Karam- xomligicha iste’mol qilinganida qomatga umuman muammo tug’dirmaydi. Qolaversa, uning kilokaloiyasi 0 ga teng.
Bodring- 90 foizi suvdan iborat bo’lib, organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishini ta’minlaydi.
Sabzi – istagancha iste’mol qilsangiz ham aslo semirmaysiz. 100 gr sabzida atigi 25 kilokaloriya mavjud.
Beta- karotin oson singishi uchun sabzili salatga o’simlik yog’i ishlatilgani ma’qul.
Pomidor- kletchatkaga boyligi hisobidan me’da ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, qorinni dam bo’lishini oldini oladi.
Qizil lavlagi- yog’ moddalarini parchalanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, qaynatilgan lavlagi ezg’ilangan sarimsoq va o’simlik yog’iga qo’shib iste’mol qilish juda foydali.
Sholg’om- qonda qand miqdorini normallashtiradi.
Qovoq- T vitamini moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
Rediska- me’da faoliyati uchun foydali bo’lib, ichaklarni tozalaydi.
Bulg’orqalampiri- tarkibida qon aylanishini yaxshilovchi moddalar bor. Shuningdek, bu sabzavot ochlik hissini bartaraf etadi.
Salat bargi- juda ochqasangiz, salat bargi qo’shilgan salat yeb oling. Mazkur ko’kat qorinni uzoq vaqt to’q tutadi.
Sarimsoq- xomligicha iste’mol qilinsagina qomatga foydasi bo’lishi mumkin. Qaynatib, dimlab pishirilganida o’z ta’sir kuchini yo’qotadi.
Endi mevalarga o’tamiz:
Greyfrut- ozishni maqsad qilganlar orasida eng mashhur meva. U ishtahani oson aldaydi.
Olma- zararli holesterin miqdorini kamaytiradi, hazm a’zolari ishini osonlashtiradi.
Olxo’ri,qovun, kivi- bu uchlik organizmni tozalash hususiyatiga ega. Oz miqdorda yeyilsa ham to’yimli sanaladi.
Limon- oshqozon kislotalilik muhitini oshiradi, hazm a’zolari ishini tezlashtiradi. Bundan tashqari qomatni ixchamlashtirishda tarvuz, malina, laym mevalari ham foydali sanaladi.
Sariyog’, margarin, smetana, qaymoq, yog’li pishloq, mayonez, 5%li tvorog, dudlangan, marinadlangan va konserva mahsulotlari, shakar, yeryong’oq, kungaboqar pistasi, murabbo konfet, shokolad, pirojniy, shirinliklar, quyultirilgan sut, muzqaymoq, oq non, gazlangan ichimliklar, oshirilgam hamir, pitsa, gamburger, xamirli taomlar- qomatning “dushmani”. Qahva yoki achchiq damlangan choy ichishni istasangiz yoki to’rt yegingiz kelsa, ishtahangizga qarshi chiqmang. Ammo tanovuldan so’ng jismoniy faollikni kuchaytiring. Shunda muvozanat buzilmaydi.
Сообщения из Facebook