просмотров
An’anaviy upa- bir tekis, yumshoq “yostiqcha”li pardoz vositasi. Shiddatli kun tartibiga ega honimlar uchun bu kabi pardoz vositasi faydalanish uchun ham, yonida olib yurish uchun ham juda qulay.
Qum sifat upa- yuz teringiz quruq bo’lsa, ushbu turga mansub upalar aynan siz uchun. Biroq qumsifat upa faqat kunduzgi pardoz uchun mo’ljallanganligini yodda tuting.
Kremli upa– teridagi mayda nuqsonlarni bartaraf etishda krem upadan foydalanda nur ustiga a’lo nur. Bunda tonal kremdan foydalanmasangiz ham bo’ladi.
Dumaloq sharchali upa- bu kabi upa tarkibida qaymoqrang, och jigarrang va to’q jigarrang pufakchalar bo’lib, undan kunduzi yoki oqshom pardozi uchun foydalanish mumkin.
Mineralli upa- yuzingiz terisi ortiqcha “zarra”lar bilan qoplanmasligi va teri kataklati “to’lib” qolmasligi uchun (qolaversa teringiz vositalarga ta’sirchan bo’lsa) shunday upani tanlang.
Bronza zarralariqo’shilgan upa- quyoshda toblangandek ko’rinishni istasangiz, bronza zarralari qo’shilgan upadan harid qiling. Uning rangi boshqalariga nisbatan biroz to’qva yengil tovlanuvchan bo’ladi.
Tovlanuvchan upa- oqshom tadbirlari, to’y, tug’ilgan kun va shu kabi bazmlarda yuz qiyofasi boshqalardan ajralib turishni xohlaganlar tovlanuvchan upadan foydalanishlari mumkin.
Rumyana qanday tanlanadi?
Mutaxassislar rumyana tanlash jarayonida soch rangiga ahamiyat qaratish kerakligini aytishadi.
Qora sochli qizlar, och pushti rangli rumyana tanlashi noto’gri bo’ladi. Ular yaxshisi, shaftolirang, bronza, och qaymoqrang rumyana tanlaganlari ma’qul.
Mallarang sochli qizlar, rumyanasi rangi terisi rangidan u qadar ajralib turmasligiga harakat qilishlari lozim. Ularga och olovrang va shaftolirang (qizg’ish ranglar) tavsiya etiladi.
Qo’ng’ir sochli qizlar, pardozda pushti va och jigarrang rumyanalardan faydalanishlari lozim. Shundagina ularning yanoqlari ajralib qolmaydi.
Toq jigarang tusga ega sochlilar uchun rumyananing to’q jigarrang- pushti, och qaymoqrang va biroz tovlanuvchi olov ranglilari mos keladi.
Сообщения из Facebook