просмотров
Parabenlar
Bu sintetik murakkab efirlar kosmetik vositalarning tarkibiy qismi hisoblanadi va asosan mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun qo’shiladi.
Yaqin kunlargacha parabenlar zararsiz, deb hisoblanib kelinar edi, biroq oxirgi paytlarda bu sintetik qo’shimcha ko’krak saratoni tarkibida aniqlana boshlandi. Olimlarning xulosalariga ko’ra, bu modda organizmdan chiqib ketmay, yig’iladi va onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Benzofenon
Ushbu komponent asosan quyoshdan saqlovchi kosmetik vositalar tarkibiga kiradi va ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Benzofenon toksik va kantserogen xususiyatga ega emas, biroq u organizmda yig’ilib borib, qarama-qarshi samarani beradi.
Formaldegid
Ushbu komponentning yallig’lanishni ketkazuvchi va antiseptik xususiyati bor. U bakteriyalar, virus va mikroblarning aktivligini susaytiradi. Ammo ba’zi mamlakatlarda, masalan, Shvetsiya va Yaponiyada formaldegidni kosmetik mahsulotlarda ishlatish ta’qiqlangan. U terida allergiya va ta’sirlanishni keltirib chiqarishi, ba’zi hollarda esa asab kasalliklariga ham sabab bo’lishi mumkin.
Ftalatlar
Bu modda terida sezilmaydigan qobiq hosil qiladi va tashqi omillarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Ammo u ham organizmda yig’ilib, tana a’zolariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa homilador ayollarga.
Triklozan
Bu komponent antibakterial vazifani bajaradi.U patogen mikroflorani harakatsizlantiradi, mikroblarni o’ldiradi, infektsiyalarning rivojlanishining oldini oladi. Biroq uning ham toksikologik ta’siri aniqlangan. Triklozanning organizmda yig’ilib qolishi kam o’rganilgan. Ba’zi olib borilgan mustaqil tadqiqitlarning ko’rsatishicha, bu komponentning antibakterial xususiyati bo’rttirib ko’rsatilgan.
Talk
Talk asosan upa va qovoq bo’yoqlarida ishlatiladi. U teridagi ortiqcha namlikni shimib oladi. Biroq talk poralarni yopib qo’yadi, moddalar almashinuviga halal beradi va qon aylanishini yomonlashtiradi, bu esa o’z navbatida terining epidermis qavatiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Talkning nafas yo’liga tushib qolishi o’pkaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Mineral yog’lar
Mineral yog’lar neftni qayta ishlash mahsuloti sanaladi. Kosmetikada u yumshatuvchi, namlovchi va shamollashga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Bunday yog’lar uzoq muddatga yaroqli hisoblanadi, shu bois ham pardoz mahsulotlarida faol foydalaniladi. Biroq bu komponentning ham yuqori toksik ta’siri bo’lib, metobolizmni ishdan chiqarishi mumkin.
Сообщения из Facebook