Parvoz davomida eng yaxshi taom taqdim qiladigan aviakompaniyalar TOP 10 ligi. “O’zbekiston Havo Yo’llari” birinchi o’rinda
Parvoz davomida eng yaxshi taom taqdim qiladigan aviakompaniyalar TOP 10 ligi. “O’zbekiston Havo Yo’llari” birinchi o’rinda
Samolyotda parvoz qila turib, yonginangizda suzib ketayotgan oppoq bulutlarni tomosha qilib, ovqatlanish lazzatli bo’lsa kerak.

Olimlarning tadqiqotlaricha, past namlik hamda past bosim sharoitida maza bilish retseptorlarining sezgirligi uch barobar kamayar ekan. Shuning uchun samolyot parvozi paytidagi taom bizga bemazaday tuyuladi. Marketologlarning ta’kidlashlaricha esa, yo’lovchiga qaysi aviakompaniya oshxonasi yoqsa, keyingi parvozlarini aynan ana shu aviakompaniya orqali amalga oshiradi.

“Tu-tu.ru” servisi 2018 yil aprel oyidan – 2019 yil aprel oyiga qadar 27 500 nafar  yo’lovchilarning fikr-mulohazalari asosida parvoz vaqtida sayyohlarni mazaliroq va to’yimliroq taom bilan mehmon qiladigan aviakompaniyalar reytingini tuzdilar. Ro’yxatning birinchi o’rnini har doimdek o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari aviakompaniyasi egalladi. Ikkinchi pozitsiyada Ozarbayjonning “Azerbaijan Hava Yollari”, uchinchi o’rinda esa Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyalari egalladi. 

10 ballik shkala bo’yicha yo’lovchilar aviakompaniya haqida, bortprovodniklarning muomalasi, taklif qilinayotgan ovqatlarning sifati, samolyotning ahvoli, belgilangan vaqtda parvozni amalga oshirishi bo’yicha baholadilar. 

1-o’rin “O’zbekiston Havo Yo’llari”

1-o’rin “O’zbekiston Havo Yo’llari”

Mana bir necha yillar davomida “O’zbekiston Havo Yo’llari” milliy aviakompaniyasi ushbu pozitsiyada sharafli birinchi o’rinni qo’ldan chiqarmay, egallab kelmoqda. Baho – 9,54. Ushbi aviakompaniya taomlarining portsiyasining kattaligi, xilma-xilligi, mazali va to’yimligi bilan maqtovga sazovor bo’ldi.

2-o’rin “Azerbaijan Hava Yollary”

2-o’rin “Azerbaijan Hava Yollary”

2-o’rin “Azerbaijan Hava Yollary”

Ikkinchi o’rinni 9.35 balla bilan “Azerbaijan Hava Yollary” egalladi. Ushbu aviakompaniya yo’lovchilari vino borligini hamda cheklanmagan miqdorda choy va qahva taklif qilinishini ta’kidlab o’tdilar.

3-o’rin “Turkish Airlines”

3-o’rin “Turkish Airlines”

Uchinchi o’rin 9,08 ball bilan “Turkish Airlines” ga nasib etdi. Bu aviakompaniya “sharqona nafis taomlari” bilan ajraldi.

4-orin “Lufthansa”

4-orin “Lufthansa”

Eng yaxshi taomlar taqdim qiladigan aviakompaniyalar ro’yxatiga shuningdek, Germaniyaning “Lufthansa” (9,01 ball bilan) kirdi va to’rtinchi o’rinni egalladi. 

5- o’rin “Air Astana”

5- o’rin “Air Astana”

Qozog’istonning “Air Astana” aviakompaniyasiga 8,98 ball yig’a olgani uchun beshinchi o’rin nasib etdi.

6-o’rin “Georgian Airways”

6-o’rin “Georgian Airways”

Gruziyaning “Georgian Airways” 8,78 ball to’plab oltinchi o’rinda.

7-o’rin “Ellinair”

7-o’rin “Ellinair”

Gretsiyaning “Ellinair” 8.78 ball to’paldi

8-o’rin “Somon Air”

8-o’rin “Somon Air”

Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi 8,78 ball bilan sakkizinchi o’rinji egalladi

9-o’rin “Aegean Airlines”

9-o’rin “Aegean Airlines”

Gretsiyaning “Aegean Airlines” aviakompaniyasiga  8,77 ball berildi

10-o’rin “Air Moldova”

10-o’rin “Air Moldova”

Moldaviyaning “Air Moldova” aviakompaniyasi 8,72 ball bilan o’nlik ro’yxatini yakunladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook