Poyabzal haqida qiziqarli faktlar
Poyabzal haqida qiziqarli faktlar
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ko'pchilik, hech bo'lmaganda ayollar, erkak bilan uchrashganda avvalo poyabzalga e'tibor berishadi, agar erkak o'z poyabzaliga g'amxo'rlik qilsa va muntazam ravishda tozalasa, u holda sherigining oldida uning imkoniyatlari ikki baravar ko'payadi. Bizning bugungi maqolamiz poyabzal haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga bag'ishlangan bo'ladi.

Mashhur qo'shiqchi Madonna juda ko'p turli xil poyafzallarni to'playdi. Xonandaning to'plamida u hech qachon kiymagan juda ko'p juft poyabzal bor, chunki ular nozik va qimmatbaho materiallardan tayyorlangan.

Eng ko'p poyabzal ishlab chiqaradigan mamlakat Italiyadir. Hatto haritada ham Italiya hududi ayollarning etiklari shakliga o'xshaydi.

Kedalar inson uchun, ayniqsa bola uchun zararli, rivojlanayotgan bola suyaklari tekis patakli kedada notog’ri shakllanadi degan fikr shunchaki hom hayol. Aksincha, bunday taglik sport uchun eng maqbuldir, hatto maktabgacha ta'lim muassasalarida ham sport faoliyati uchun bolaga shunday oyoq kiyim kiydirish mumkin.

2002 yil boshida eng katta poyabzal Filippinda ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 5,5, kengligi 2,25 va balandligi 1,85 metr edi.

Basketbolchi Shakir O'Nilning oyoqlari o’lchami 55 ga teng.

O'rtacha ayolning oyoq o'lchami 39 ga to’g’ri keladi,  Parij Xilton esa 44 o'lchamdagi poyabzal kiyadi.

Tarixchilar Iso Masih 45 chi oyoq o’lchamiga ega bo’lganligini aniqlashgan.

Dengizga tushgan sport poyafzallari suv yuzasida taxminan 10 yil davomida suzadi.

Ko'p sonli odamlar ikki hil oyoq o'lchamiga ega.

Nikohni qonuniylashtirish uchun qadimgi inklar oyoq kiyimlarini almashtirganlar.

Tunis g'ayrioddiy an'analari bilan tanilgan. Kelajakdagi turmush o'rtog'iga kuyov oq shippak berishi kerak. Agar kelin sovg'ani qabul qilib, shippakni hamda oq qo’lqopni kiysa bu uning roziligi alomatidir.

Lotin Amerikasidagi ko'plab oilalar shunchalik qashshoq ediki, bolalar poyabzalsiz qolishardi. Bir kuni mamlakatga poyabzal ishlab chiqaradigan ko'plab fabrikalarga egalik qilgan Bleyk Maykoski keldi. Bolalarning yalangoyoq yurishlarini ko'rib, to'qilgan sandallarni ishlab chiqaradigan yana bir ishlab chiqarish korxonasini ochishga qaror qildi. Maykoski aksiya e'lon qildi: bitta juft poyabzal sotib olsangiz, ikkinchi juftlik Argentinaning yalangoyoq bolalariga sovg'a qilindi. Ishlab chiqarish boshlanganidan beri yuz minglab kambag'al oilalar yangi poyabzallar olishdi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida eski krossovkalarni qayta ishlovchi tashkilot mavjud. Ixtisoslashgan markazlarda eskirgan poyabzal qabul qilinadi va sportda ishlatiladigan materiallar uchun ishlatiladi. Poyafzalning har bir qismi o'z maqsadiga ega. Yugurish yo’lakchasi taglikdan ishlab chiqariladi, matosi esa basketbol maydonchasini yaratish uchun mo'ljallanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook