просмотров
Imzo o’lchamingiz katta-katta bo’lsa, fikrlash doirasi va dunyo qarashi keng odam sanalasiz. Agar imzoyingiz kichik o’lchamda bo’lsa siz bir so’zli odamlar toifasiga kirasiz.
Uzun imzo –sinchkov va ba’zan mijg’ov odamlarga tegishli.
Kalta imzo chekuvchi shaxslar gapning mag’zini tezda chaqishadi. Ular bir xillikni sira ham hushlamaydilar.
Dumaloq imzo egalari yuvosh, mehribon va o’gir-vazmin bo’ladilar.
Burchaksimon imzo chekuvchilar betoqat, injiq va jizzakilar sirasiga kiradi.
Harflar orasidagi oraliq katta bo’lsa, saxiy va pul sarflashni yaxshi ko’ruvchi shaxs ekanligidan dalolat.
Imzodagi harflar zich va mayda bo’lsa uning egasi o’ta tejamkor odamdir.
Har xil elementlarga boy imzo, masalan, aylana mavjud bo’lsa - bu insonning bir qancha muammolari bor ekanligidan dalolatdir. Ilmoqcha bo’lsa – shaxsning ehtiyotkor va qatiyatli ekanligi, suratlar bilan bo’lsa- har bir ishga ijodkorona yondashishi , murakkab elementlar mavjud bo’lsa – katta lavozimlarni ko’zlovchi odam ekanligini biladiradi.
Imzoning yakunidagi element yuqoriga bo’lsa, hayotdan mamnun; bordi-yu pastga yo’nalgan bo’lsa, tushkunlikka moyil odam ekanligini bilib olish mumkin. Imzo yakuni to’g’riga yo'nalib tugagan bo’lsa, fe’l atvoridagi o’zgaruvchanlikni sezish mumkin.
Bordiyu imzodagi “dum” lar uzun bo’lsa, bunday odamlar o’zgalarning fikrini eshitishga qodir bo’lishmaydi. “Dum” kalta bo’lgan taqdirda yuragi tor inson deya o’ylashimiz mumkin.
Oddiy imzo egalari “muammo yo’q” qabilida yashovchilar sirasiga kiradi, bachkana qo’l qo’yuvchi odamlar esa biroz pashshadan fil yasash hususiyatiga ega bo’ladilar.
Noodatiy va original imzo egalari katta ijodiy salohiyatga ega, kashfiyotchi hamda hamisha ko’tarinki kayfiyatda yuruvchilar toifasidandirlar. Bunday insonlar bilan esa zerikish nimaligini unutish mumkin. Xazilkashliklari bois atrofdagi barcha odamlarga ham kayfiyat ulasha oladilar.
Сообщения из Facebook