просмотров
Ko‘k rangli jinsi
Shimoliy Koreya odamlariga ko‘k rangli jinsi kiyish mumkin emas. Agar aynan shu turdagi matodan libos kiygingiz kelsa, faqatgina qora ranglisini tanlash kerak bo‘ladi. Shimoliy Koreya hukumatining fikriga ko‘ra, ko‘k rangli jinsi xalqaro imperializm timsoli emish.
Ammo, ushbu qoida sayyohlarga tegishli emas. Ular shahar bo‘ylab ko‘k rangli jinsida bemalol sayr qilishlari mumkin. Faqatgina, Kim Ir Sen hamda Kim Chen Ir yodgorliklariga kirish avvalida ushbu libosni o‘zgartirib olish talab etiladi.
Yo‘qolsin, internet!
Shimoliy Koreya odamlari internetdan foydalanish huquqiga ega emas. Ularning "Kvanmen" deya ataluvchi ichki tarmoqlari mavjud bo‘lib, mazkur tarmoqqa minglab saytlar joylashtirilgan. Xalqaro o‘rgimchak to‘riga esa faqatgina yuqori lavozimli amaldorlar ulana olishadi. Ha, aytganday, Shimoliy Koreyada Wi-Fi degan tushunchaning o‘zi yo'q.
Mahalliy valyuta faqat shu yerliklar uchun!
Agar Shimoliy Koreyaga sayohat qilish niyatingiz bo‘lsa, bu yerda sayyohlarga "Shimoliy Koreya voni" deya ataluvchi milliy valyutani ishlatish uchun ruxsat bermasliklari haqida bilib qo‘ying. Sayyohlar mamlakat hududida dollar yoki yevro evazigaharid qilsalar bo‘ladi.
Xorijlik turistlar uchun mamlakatda alohida do‘konlar ochibqo‘yilgan. O‘lkaga kelgan sayyohlar koreyslarning o‘zlari harid qiladigan do‘konlariga kiritilmaydi.
Xorijga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘q!
Koreyaliklarning mobil telefonlari faqatgina davlat ichidagi aloqalar uchun ishlaydi. Bu yerdagi hech bir odamdan xorijga telefon qilish imkoniyatini beradigan sim-karta topa olmaysiz. Eng qizig‘i, mahalliy odamlar Shimoliy Koreyada bo‘lib turgan xorijlik sayyohga ham qo‘ng‘iroq qila olishmaydi.
"Koka-kola" haqida unuting!
Avvallari"Koka-kola" ichimligini o‘z hududiga olib kirishni taqiqlagan mamlakatlar ikkita - Shimoliy Koreya hamda Kuba bo‘lgan. Ayni vaqtda Kubada mazkur ichimlikni topish imkoni bor, ammo Shimoliy Koreya hududida "Koka-kola" mutlaqo sotilmaydi.
Sayohat qilish taqiqlangan!
Shimoliy Koreyaliklar uchun mamlakat chegarasidan tashqariga chiqish - yetib bo‘lmas orzu! Bu yerda gap ularning iqtisodiy imkoniyatlarida emas. Shunchaki, mamlakat hukumati fuqarolarga o‘lkadan tashqariga chiqishni taqiqlab qo‘ygan. Hattoki mamlakat ichida harakatlanish uchun ham ularga rahbariyat tomonidan ruxsat berilishi talab etiladi.
Сообщения из Facebook