Qahratonda sovqotmaslik uchun eng kerakli tavsiyalar
Qahratonda sovqotmaslik uchun eng kerakli tavsiyalar
Ba’zan qishning sovuq kunlarida ham bir necha soatni ochiq havoda o‘tkazish, ishga yoki o‘qishga yo‘l olish vaqtida ko‘сhada ko‘p qolib ketishga to‘g‘ri keladi. Havo harorati haddan tashqari past bo‘lgani yetmagandek, atrofingizdan g‘ir-g‘ir shamol esib tursa, vaziyat yana ham og‘irlashadi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy berish darrov shamollab qolish yoki gripp orttirishga sabab bo‘lishi mumkin.

Sovuq kunlarda quyidagi omillar holatingizga yanada ko‘proq salbiy ta’sir qiladi:

·   sovuq va quruq shamol

·   tor poyabzal va yengil ust-bosh

·   jismoniy charchoq

·   ochlik hissi

·   turli kasalliklar, misol uchun shamollash va qon-tomir kasalliklari. Ushbu hastaliklar oqibatida qo‘llar va oyoqlarda qon yaxshi aylanmaydi, natijada aynan mana shu sohalar issiqlikni mutlaqo sezmaydi ham. 

Quyidagi omillar esa sovuq kunlarda tanangizni issiqroq saqlashga yordam beradi:

 

·   Bir necha qavat issiq liboslar kiyish. Kiygan liboslaringiz imkon qadar tabiiy matolardan bo‘lishi kerak.

·   Libos quruq va toza bo‘lishi lozim.

·   Paypoqni ham bir necha qavat  qilib kiyib olish tavsiya etiladi.

·   Qishki poyabzalning kengroq va issiq bo‘lishiga ahamiyat bering. 

Tavsiyalar:

1. Harakat

Sovuq kunda bir joyda uzoq turib qolishingizga to‘g‘ri kelsa (misol uchun avtobus bekatida) oyoqlaringiz va qo‘llaringiz bilan harakat qiling. Bunda kapilyarlar faoliyati jadallashadi va qon aylanishi yaxshilanib boradi. Agar yoningizda kichik yoshdagi bola bo‘lsa, ushbu mashqni uning yordami bilan bajarish ham mumkin. Bir vaqtning o‘zida uni zerikishdan chalg‘itish bilan birga, o‘zingiz ham qo‘lning chigilini yozib olasiz. 

2. Kaftlarni uqalang.

Sovqotgan qo‘llarni birin-ketin, asta-sekinlik bilan uqalang. Qon aylanishining yaxshilanishi oqibatida qo‘llaringiz isishni boshlaydi. Qo‘lingizda kichikroq buyum bo‘lsa (misol uchun koptokcha), uni kaft ustida aylantirish ham mumkin. 

3. Bo‘tqa iste’mol qiling.

Sovuq kunlarda ko‘chaga chiqishdan avval issiqqina sutli bo‘tqa iste’mol qilish aslo zarar qilmaydi. Ushbu yegulik 2-3 soat davomida tanadagi issiqlikni ta’minlab turadi

4. Issiqqina ichimlik

Sovuq kunlar uchun o‘zingizga kichik termoscha sotib oling. Ko‘chaga chiqish avvalidan esa uni o‘zingiz bilan birgalikda yo‘lga olib keting. Sovqotgan vaqtingizda ichilgan bir xo‘plam issiq choy ham tanangizni qahraton changalidan omon saqlaydi. 

5. Suv

Sovuq havoda yurib kelib, uyga kirishingiz bilan birinchi navbatda iliq suvni ochib, qo‘llaringizni uning ostiga tutib turing. Aynan shu jarayonni oyoqlar bilan ham amalga oshirish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook