просмотров
Ingichka poshnali tufli
Bunday poshna kiyishni yoqtiruvchi ayolar barchaning diqqat-e’tiborida bo’lishni yoqtiruvchilar sirasiga kiradi. Ular birmuncha injiq, tantiq bo’lib, ko’pincha biror narsaga erishish uchun ayollik latofatidan ustalik bilan foydalanadilar. Bu ayollar yuzaki o’ylaydiganlar hilidan, lekin biror qarorga kelishlarida bu qusur unchalik bilinmaydi.
Baletkalar
Baletkalarni sevib kiyadigan ayollarimiz yoqimtoy, ammo biroz zerikarli tuyuladilar. Bolalik hotiralari, bolalarga hos fe’l-atvordan voz kechishga shoshilmaydilar. Samimiy ko’ringanlari bilan juda odamovi, begonalarni o’zlariga yaqinlashtirmaydilar. Ular juda e’tiborli, kuzatuvchan, ziyrak, bag’rikeng, shu bilan birga, modani juda yaxshi tushunadilar.
Platforma
Platforma kiyishni yoqtiruvchi ayollar birdaniga hamma narsaga erishishni istaydilar, lekin buning mushkulligini tan olgilari kelmaydi. Ular to’g’riso’z, o’zlariga ishonchlari qat’iy, buyruq berishni yaxshi ko’radilar va bunga erishadilar ham.
Tumshug’i uchli poyabzallarni hush ko’radigan ayollar tanqidni yuragiga og’ir oladilar, mulohazalarga chuqur beriluvchan bo’ladilar. Ular mustaxkam irodali, o’z kuchiga tayanib ish ko’radi, biroz jizzakiligi ham yo’q emas. Kiyinish borasida talabchan: sifatsiz kiyim, notekis choklar, tushib qolgan tugma va shunga o’xshash holatlar ularni ranjitishi aniq.
Botinkalarni kiyadiganlar indamas va biroz hudbin, hammadan o’zini yuqori qo’yadigan ayollardir. Ular odamlarga ishonmaydilar. Shiorlari: “Agar o’zinga yaxshi bo’lishini istasang, o’sha ishni o’zing bajar”. Bu intelektual qobiliyat egalari nozik qalb egalari hamdir.
Lofer poyabzallar
Lofer poyabzallarni tahliliy mushoxada yuritadigan, boshqalardan ajralib turuvchi ayollar tanlaydi. Ular sabr-toqatli va matonatli bo’lib, nimaga intilayotganlari va maqsadlarini yaxshi anglaydilar. Atrofdagi odamlardan o’zlari kutgan natijaga erishmasalar, jazavaga tushishlari aniq. Bunday ayollar erkaklar bilan munosabat o’rnatishda qiynaladilar.
Krossovka va keda kiyadigan ayollar sayoxat qilishni yaxshi ko’radilar va bir joyda uzoq o’tirolmaydilar. Ular doimo do’stona mexr-muhabbat qurshovida bo’lishni xohlaydilar. Hayotiy qarashlariga ko’ra nafaqat poyabzal, balki butun hayotlari muqim, qulay va osoyishta bo’lishi kerak.
Сообщения из Facebook