Qanday qilib jozibali ko’rinishga ega bo’lish mumkin?
Qanday qilib jozibali ko’rinishga ega bo’lish mumkin?
Onajon va buvijonlarimiz go'zallikning xalqona sirlaridan xabardor. Biroq ularning gaplari har doim ham to’g’rimi? Quyida shu haqida bilib olasiz.

“Shokolad yema – husunbuzar toshadi”

O’zingizni ushbu lazzatdan butunlay cheklash shart emas. Ammo bu maslaxatga quloq tuting. Shokolad tarkibida qondagi kortizol – stress gormoni darajasini orttirib yuboruvchi kofein mavjud. Immunitetingiz qanchalar zaif bo’lsa, teri bilan bog’liq muammolar yuzaga kelaveradi. Shuning uchun shokolad yeganda me’yorni unutmang, iloji bo’lsa achchiq shokolad bilan do’stlashing.

“Mening o’zim ham onaman va qizim Emmaga ayol kishi yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi uchu to’yib uhlashi hamda sport bilan shug’ullanishi kerakligini bot-bot takrorlayman”. Jennifer Lopez, xonanda.

“Boshni har kun yuvish mumkin emas”

Goyo boshingizni tez-tez yuvsangiz, u shunchalik tez kirlanaveradi. Aynan shuning uchun kundalik bosh yuvishdan voz kechib, shampundan uch kunda bir foydalanish zarur. Mutaxassis larbu fikrga qo’shilmaydilar. Sochlar shampundan emas, vodoprovod suvining sifati,ekologiya va taomlanishga qarab yog’lanishi mumkin. Yog’li taomlar va dudlangan mahsulotlarni hush ko’ruvchilar bu muammoga uchrashlari tabiiy hol. Agar shampuningiz sochingiz turiga muvofiq tarzda tanlangan bo’lsa, undan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin.

“Tarbiyali qizlar yorqin ranglarda pardoz qilmaydilar”

Garchand yorqin rangdagi ten va lab bo’yog’i urfda bo’lsa-da ulardan birvarakayiga foydalanish juda hunik ko’rinadi. Hattoki oqshom pardozida ham urg’u bir soha: yoki ko’z, yoki lablarga berilishi zarur.

“Yuzga bodring surtish foydali”

Onajonlarimiz yuz terisi parvarishining bu usulini yoshliklaridanoq yaxshi biladilar. Ular bu borada haq: bodring etining 90 foizi suvdan iborat bo’lib, u foydalilik jihatidan zamonaviy toniklar bilan bellasha oladi.  Uni faqat toza teriga surtish lozim.

“Ayol kishini jozibali ko’rsatuvchi qurol – tabassumdir. Men onamdan eng qiyin kunlarda ham kulib turishni meros qilib olganman”. Yeva Mendes, aktrisa.

“Qo’llaring bilan yuzinga teginma”

Hech qachon yuvilmagan qo’llar bilan yuzingizga tegina ko’rmang. Bu so’zlar, ayniqsa ko’chada va jamoat transportida yurganingizda yodingizda turishi lozim. Sizning nazaringizda qo’llaringiz toza ko’ringani bilan uning yuzasida husunbuzar va yallig’lanishni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar mavjud bo’ladi.

“Bukchayma!”

Bu so’zlarni kuniga 10 marotaba eshitganingizdan so’ng jahlingiz chiqa boshlaydi. Ammo onajoningiz haq! Hech bo’lmaganda qomatingizni to’g’ri tutishga o’rganib ko’ring. Vaqt o’tib, muskullar ushbu to’g’ri holatni eslab qoladi va bukchayish haqida unutasiz. To’g’ri qomat chiroyli ko’rinish beribgina qolmay, qorin va ko’krak muskullarini tortib turadi. Demak, teri cho’ziluvchanligining yo’qolishi kabi  muammolar haqida unitishingiz mumkin. Shu bilan birga, chiroyli qomat insonning bo’yini balandroq ko’rsatadi.

“Men onam kabi yorqin pardozni yoqtirmayman. Latofat so’zining sinonimi – tabiiylikdir. Pardoz qutichamda faqat upa va pushti rangli lab bo’yog’I bor, xolos”. Anjelina Joli, aktrisa.

“Menga atirdan foydalanishni o’rgatgani uchun onamdan juda minnatdorman. Atiringiz hidini o’zingiz sezmasangizu, atrofingizdagilarga uning ifori bilinib tursa, demak ,atir sepish qoidalarida adashmagansiz. Penelopa Krus, aktrisa.

“Xinadan boshqa barcha bo’yoqlar zararli”

Bu – biroz eskirgan fikr. Ushbu fikrdan voz kechish uchun onangizga yordam bering. Unga sochlarini ichki tarafdan mustahkamlab, yaltirashini yanada kuchaytiruvchi bo’yoq-muss va tarkibida yog’ bo’lgan bo’yoqlarni tavsiya qiling.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook