просмотров
Oq rang- oq rangni sevuvchi insonlar go’zal fazilatlarga ega bo’lishadi. Ular yana iqtidorli har tomonlama yetuk shaxsdirlar. Kirishimliligi bois atrofdagilar bilan tez til topishib keta oladi. Oq rang – butun borliqni tashkil etuvchi rangdir. Aytishlariga qaraganda oq rangni hush ko’rmaydiganlarning fe’l atvorida nuqson bor emish.
Sariq-chuqur fantaziya va rivojlangan tassavurdan darakdir. Sariq rangni sevuvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari yuqori darajada bo’ladi. Tirishqoq , aqlli va tasavvuri sust insonlar sariq rangni unchalik ham hushlamas ekanlar.
Qizil rangni shaydolari tez hayajonga beriluvchan va o’ta sezgir bo’lishadi. Bunday insonlar yaltiroq narsalarga va hashamatga o’ch bo’lar ekanlar. Xolatga yuzaki qarash va tezkor qaror qabul qilish ularning eng asosiy kamchiligidir. Qizil rangni sevuvchilar uchun maqsadga erishish hamma narsadan muhim. Uni qanday yo’l bilan uddalashga esa e’tibor bemaydilar. Aksariyat tez hissiyotlarga beriluvchan va oson taslim bo’luvchilar qizilni unchalik yoqtirmaydilar. Mushkul va tavakkal qilish kerak bo’lgan vaziyatlarda ortga chekinadilar. Qzil rangni hushlamaydiganlar butun umr boy berilgan imkoniyatlarni deb afsuslanib yurishga moyil ekanlar.
Yashil- bosiq tabiat va o’ta vijdonlilik yashil rangni sevuvchilarga hos hususiyat. Ular hozirjavob, hamisha yordam qo’lini uzatishga shay, yumshoqtabiat insonlardir. Biroq ular ko’pincha o’zlarini yolg’iz his etishadi. Sovuqqon fe’l atvorga ega shaxslar yashilni hushlamaydilar. Bunday insonlar ayrim vaziyatlarda o’zlarini juda tez yo’qotib qo’yadilar.
Ko’k rangni sevadigan shaxslar muomilada o’ta sertakalluf va yumshoq tabiatlidirlar. Xar qanday holat qarshisida ham insonga yo’l bo’shatishga tayyor turadilar. Ko’k rang ixlosmandlari hayotda baxtli bo’lsalar ham negadir buni tan olishni istamaydilar. Odatda maqsadi sari ildam boruvchilar ko’k rangni yoqtirmaydilar.
Qora rangni hushlovchilar ko’pchilik o’ylaganidek yoqimsiz fe’l –atvorga ega kishi emaslar. Ular ba’zan ko’zdan yiroqlikni hush ko’radilar va shu bois ham atrofdagilarga o’ziga ishonchi pas odamdek ko’rinib qoladilar. Ammo bu fikr notog’ri. Bu rangni salbiy qabul qiluvchilar esa hushchaqchak va hazilkashlar toifasiga kiradi.
Ushbu ma’lumotlar nisbiy tasavvurlarga tayanilgan. Qanday rangni hush ko’rmaylik eng asosiysi insoniy fazilatlar ko’rkimiz bo’lsin.
Сообщения из Facebook