просмотров
Ayollar jemperi kuzgi liboslar orasida katta ahamiyatga ega. U har qanday uslubdagi jinsi , shim va yubka bilan uyg’unlasha oladi. Ko’rinishingizga bir oz jiddiyroq tus berishni istasangiz oq ko’ylak va qora shimni jemper bilan kiyganingiz ma’qul.
Zamonaviy jemperlar ilk bor sport kiyimi sifatida ixtiro qilingan, inglizcha jumper –sakrovchi so’zi ham aynan shundan kelib chiqqan. Avvaliga spitsa yordamida to’qilgan yoki trikotaj matosidan ishlab chiqilgan jemperlar faqat mashqlar va yengil atletika musobaqalari vaqtida kiyilgan bo’sa, 50- yillarga kelib, ushbu kiyim turi avval erkaklar ,keyinchalik ayollar garderobiga kundalik libos sifatida kirib keldi.
Bugungi kunda spitsa yordamida to’qilgan jemperlar erkaklar va ayollar gorderobining ajralmas qismi hioblanadi. Klassik jemperlar yengi uzun va ko’rshapalak tuzilishida bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi jemperlar turli nafis rasmlar bilan bezatiladi.
Qo’lda to’qilgan ayollar jemperi bilan birga mashina yordamida zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlangan jemperlar ham ayollar qomatini ixcham va nozik ko’rsatadi.
Zamonaviy jemperlarni nimalar bilan uyg’unlashtiramiz?
Tanlov imkoniyati juda katta bo’lib, u turli shim bichimlari, shuningdek, turli uzunlikdagi yubkalar bilan ham a’lo darajada uyg’unlasha oladi. Jemperlar yilning bir oz nam kunlarida kiyilishini hisobga olsak, uni mashxur jinsi maxsulotlari bilan uyg’unlashtirish ham mumkin.
Сообщения из Facebook