просмотров
Qo’lda kir yuvish bir qancha afzalliklarga ega. Odatda, uy bekalari qimmatbaho va nozik matodan ishlangan liboslarni kir yuvish mashinasiga ishonmay yeng shimarib ishga kirishadilar. Kirni qolda yuvish buyumlaringizga ziyon yetkazmay tozalash imkonini beradi.
Qo’lda kir yuvish og’ir mehnat talab qilsa-da, ayrim hollarda siz istagandek natija bermay ranjitadi. Unutmang: kir libos va buyumlar qancha ko’p vaqt qoldirilsa, uni tozalash shuncha qiyinlashadi. Bundan tashqari to’plangan kirga nohush hid o’rnashib qoladi.
Ishga kirishishdan avval kirlarni rang va mato turiga ko’ra saralab oling: oq liboslarni rangli matolardan, sun’iy gazlamalarni tabiiylaridan ajratib olish lozim. Bundan tashqari, saralash chog’ida ularning ularning qay darajada kir bo’lganligini ham hisobga oling. Kirlarni suvga solishdan avval cho’ntaklarni tekshirish yoddan chiqmasin.
Odatda, kir yuvish ivitib qo’yishdan boshlanadi. E’tibor bering, faqatgina o’z holatini o’zgartirmaydigan buyumlarni ivitish mumkin. Rangli buyumlarni oq libosdan alohida ivitiladi. Kir buyumlar iliq suvda kir yuvish kukunini sepib bir necha soat qoldiriladi. Eng kir bo’ladigan sohalar (yoqa, manjet va hokazo)ni oldindan sovunlab qo’yish mumkin. Suv kirdan o’n barobar ko’p bo’lishi lozim.
Qoidaga ko’ra, avvalo, yengil kir bo’lgan, so’ngra o’rtacha, ohirida eng kir liboslar yuviladi. Yupqa buyumlarga ziyon yetkazishni istamasangiz ularni qo’lda yuvishingiz talab etiladi.
Rangi chiqadigan matolarni qanday tozalash kerak?
Bunday buyumlarni tozalashda kir yuvish kukuni eritmasidan foydalanish darkor (4 litr iliq suv uchun 2 oshqoshiq kir yuvish kukuni va 3 oshqoshiq sirka).
Buyumni ushbu eritmaga solib, bir nech bor (aylantirmasdan) siqing, iliq suvda chayib toza matoga o’rang.
O’ta kir va rangi chiqadigan buyumlarni tozalash uchun ularni oldindan osh tuzi eritmasida ivitib qo’yish lozim (bir chelak suv uchun 1 oshqoshiq tuz).
Tozalangan libosni suv to’liq toza bo’lguniga qadar chayish lozim. Rangli liboslarni chayishda bir chelak suvga 3-5 oshqoshiq sirka solib yuborish mumkin. Sirka libosning rangini ochib, unga yaltiroq tus beradi.
Turli matolardan tayyorlangan mahsulotlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Jundan to’qilgan buyumlarni sovunli iliq suvda ichki tomonidan tozalanadi, chayishda biroz gliserin va bir necha tomchi novshadil spirti qo’shilgan suvdan foydalaniladi. Jundan ishlangan buyumlar chayib bo’lingach yaxshilab siqiladi, biroq ularni aylantirib burash mumkin emas. Bunday buyumlar tekis yuza ustiga to’shalib, ustiga paxmoq sochiq yoyilgancha quritiladi.
Trikotaj matolarini iliq sovunli suv yoki kir yuvish kukunidan foydalangan holda yuvib, avval iliq, so’ng sovuq suvda chaying. Chayish jarayonida yengil siqib, namlikni tortib olishi uchun yumshoq matoga o’rab qo’ying.
Sun’iy matodan tayyorlangan liboslar (neylon, kapron va hokazo) sovunli iliq suvga bir necha marta botirib olinadi. Buyum avval iliq, so’ng sovuq suvda chayiladi. Uni yarim soat oldin kir yuvish eritmasiga botirib qo’ygancha o’sha suvning o’zida sovunsiz yuvish mumkin. Kir bo’lgan qismlar cho’tka yordamida tozalanadi.
Сообщения из Facebook