просмотров
Kutilmagan ish safari va rejalarning keskin o'zgarishi sizni shoshirib qo’ydi: siz ertaga safarga otlanasiz. Uy hayvoningiz yoki bo’lmasa hona gullaringizni qoldirishga odam topishingiz kerak. Do'stlaringiz va qarindoshlaringiz bilan kelishish uchun vaqtingiz yo'qligini tasavvur qiling yoki ulardan hech biri uy hayvonlari va o'simliklariga qarashga rozi bo'lmadi. Bunday vaziyatda sizning qo'shnilaringiz sizga yordam berishlari mumkin.
Kutilmagan hol: kir yuvish mashinangiz buzilib qoldi, pastdagi kvartirani suv bosmoqda. Siz ishdasiz yoki boshqa shaharga ketgansiz. Bunday holatlarda qo'shnilarning tezkor yordami zarur bo'lib qoladi va ular bilan qolgan kalit sizni ko'pgina muammolardan xalos qiladi. Yoki bo'lmasa aksincha sizni uyingizni suv bosishi mumkin bo'lgan holatda qo'shnilar haloskor bo'lishadi.
Sizdan oldin kelgan kuryerni qo’shnilaringiz kutib olishadi, siz kuryerni 15 daqiqaga kechroq kelishini so’rashingiz yoki bo’lmasa bekor qilishingiz kerak edi. Bunday lahzalarda, beixtiyor kimdir qo'shnilar bilan aloqa o’rnatish kelajak uchun yaxshi ekanligini o’ylashi tabiiy. Qo’shnilar butun mahalladagilar yig’ilishlari haqida aytib beradi. Fuqarolarning doimiy yig'ilishlarida butun uy uchun muhim muammolar hal qilinadi: axlat yig'ish, kirish joylarini tozalash, zarur bo'lgan ta'mirlash va shu kabilar. Ular kirish yo’laklarini tartibini saqlashga yordam berishadi , qo’shnilar bilan tanish bo’lsangiz, umumiy hududda tozalikni saqlash osonroq bo'ladi.
Qo'shnilar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab, siz uyingiz atrofi tinch va xavfsiz ekanligiga amin bo’lasiz. Odamlar bir-biriga do'stona munosabatda bo'lgan uyda yashash juda yoqimli va sizga yordam berishlariga ishonishingiz mumkin. Ko'pchilik, shu jumladan xatto mashhurlar ham , qo'shnilari bilan muzokara qilishni xohlamaydilar, bu esa bekorga emas!
Сообщения из Facebook