просмотров
Qovoqcha tarkibidagi pektin organizmdagi suv-tuz almashinuvini yaxshilaydi, radionuklinni tashqariga chiqarib yuboradi, qonni tozalab undagi holesterin darajasini me’yorga keltiradi. Bundan tashqari, pektin moddalar almashinuvini rag’batlantirish husususiyatiga ega.
Qovoqcha organizm tomonidan a’lo darajada singdirib olingani bois, parxezbop mahsulot sifatida nom qozongan, masalan, qaynatilgan kabachki bo’tqasi va pudding oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq muammolari mavjud bemorlarga tavsiya etiladi.
Kabachkining kimyoviy tarkibi qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu kam kaloriyali mahsulot ortiqcha vazndan halos bo’lish istagidagilarga qo’l kelishi mumkin. Parxezbop kabachkidan tayyorlangan bolalar taomi va turli bo’tqalar foydalilik darajasi bo’yicha ko’p mahsulotlarni ortda qoldiradi.
Kabachki tarkibidagi antioksidant moddalar biriktiruvchi to’qimalar cho’ziluvchanligini ta’minlaydi, onkologik kasalliklar paydo bo’lish havfini kamaytiradi, terida yosh bilan bog’liq dog’lar paydo bo’lishini sekinlashtiradi.
Kabachok tashqi ko’rinishingiz, sochlaringiz va teringiz salomatligi yo’lida eng yaqin yordamchingizdir. U teri qarishining oldini oladi, qon tomirlari mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi, terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U soch ildizlarini mustaxkamlab, uning oqarishini oldini oladi.
Сообщения из Facebook