просмотров
Olxo’ri qoqi- kletchatka, saxaroza va pektinlarga boy sanaladi. U ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtiradi. Safro haydashni kuchaytiradi va oshqozon suyuqligi sekresiyasini faollashtiradi.
Turshak- kaliy, magniy va temir kabi moddalarni o’z ichiga oladi. Turshakni yurak hastaliklari, gipertoniya, anemiya, diabet va hattoki ortiqcha vazn muammosiga duch kelganlarga tavsiya etiladi.
Mayiz- ushbu quruq mevaning 70 foizini uglevodlar tashkil etadi. Shunindek tarkibida ko’p miqdorda temir va kaliy mavjudligi uchun ushbu quruq meva yurak hastaliklarini davolaydi, asab tizimini mustaxkamlaydi. Ammo diabet kasaliga chalingan va ortiqcha vazndan aziyat chekadiganlarga mayiz yeyish tavsiya etilmaydi.
Quritilgan anjir- bu meva fruktoza va glyukozaga boy hisoblanadi. Undan tayyorlangan murabbo gastrit kasalligiga davo. Qaynatmasi nafas yo’llari kasalliklarida qo’llanadi, quritilgan anjirning o’zi esa qonni ko’paytiruvchi eng yaxshi vosita sanaladi. Bilsangiz, Yaponiyada saraton kasalligining oldini olish uchun ko’proq anjir tanovul qilishni tavsiya etishadi.
Xurmo qoqi- bu quruq mevaning tarkibida ko’pgina oziqali birikmalar bo’lganligi sabab xurmo qoqini ko’p miqdorda iste’mol qilish oshqozon hamda ichak faoliyatiga salbit ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aynan shuning uchun ham xurmo qoqi diabetga chalingan bemorlarga taqiqlanadi. Ammo buquruq meva charchoqni chiqaradi. Shuningdek, o’pka shamollashida ajoyib dori vositasi hisoblanadi.
Quruq mevalarni iste’mol qilishdan oldin albatta, tozalab yuvib, 10- 15 daqiqadan so’ng tanovul qilishni maslaxat beramiz. U qanchalik toza joyda saqlanmasin, o’ziga changni va mikroblarni tez oladi. Shu sababli yeyishdan oldin ularni yuvish lozim.
Quruq mevadan kompot
Kerakli masalliqlar: 5-6 dona quritilgan olma, 100 g shakar, 2 dona quritilgan nok, bir hovuch quritilgan olcha, turshak, mayiz va olxo’ri qoqi.
Tayyorlash usuli: idishga suv solib qaynatiladi,qaynayotganda suvga shakar qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi va sirop tayyorlanadi. Sirop 5 daqiqa qaynagach idishga birin-ketin yuvilgan quruq mevalar solinadi. Birinchi bo’lib idishga quritilgan nok solinib, u ham bir necha daqiqa qaynatiladi. Olma va nok qaynagach, idishga quritilgan olcha va boshqa quritilgan mevalar solinib pishiriladi. Kompot tayyor bo’lgach, uni bir necha soatga olib qo’yiladi va so’ngra iste’mol qilishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook