Ranglar insonni davolay oladimi?
Ranglar insonni davolay oladimi?
Qadimda ham odamlar ranglarning sog‘liqqa ta’siridan yaxshi xabardor bo‘lishgan. Masalan, sariq kasal (gepatit) bo‘lganlarga sariq libos kiyish tavsiya etilgan. Bugungi kunda ranglarning inson salomatligiga ta’sirini olimlar ham ilmiy isbotlab berishmoqda.

 

Inson o‘z kiyimi rangini ichki ehtiyojlariga asosan tanlaydi. Qolaversa, tanlagan ranglariga qarab, insonning fe’l-atvori va kayfiyatini ancha aniqlikda bilib olish mumkin. Deylik, agar ishdan charchab kelsangiz, sariq, to‘q sariq rangli kiyimni kiyish istagi bo‘larkan. Mabodo asablaringiz joyida bo‘lmasa, osoyishtalik bag‘ishlovchi ranglar: ko‘k, moviy rang va yashil rangli kiyimlar kiyish maqsadga muvofiq. 

Shunga ko‘ra:

Qizil rang - teri kasalliklari, yuqumli kasalliklar (qizamiq, qizilcha), kamqonlik,past qon bosimida tavsiya etiladi. Uyqusizlikdan aziyat cheksangiz, qizil rangdagi futbolka yoki kuylak kiyib uxlang. Ertalab ruhan va jismonan tetik turasiz, kayfiyatingiz ham joyida bo‘ladi. Qizil rang ichki quvvatni oshiradi, moddalar almashinuvi va qon aylanishini yaxshilaydi. 

To‘q sariq (apelsin rang) - ruhan toliqqanda, siqilganda, kayfiyatsizlikda, yuqori qon bosimida yordam beradi.Charchoqni yo‘qotadi, qo‘rquv va tashvishni yengadi. 

Sariq rang - ishtahani ochib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Og‘riqlarni oladi, insonning ish qobiliyati oshiradi. Diqqat  jamlanishini kuchaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi va xotirani mustahkamlaydi. Asab tizimini tinchlantiradi. Bolalarning o‘quv qurollari orasida albatta sariq rang bo‘lishi kerak. Chunki sariq rang aqlni charxlaydi. Sariq rang oshqozon yarasi, 12 barmoq ichak yarasi, o‘t pufagi, qon-tomir kasalliklari, varikoz, asab va miya zo‘riqishida juda yaxshi yordam beradi.

Yashil rang yurak urishini yaxshilaydi, ko‘zga dam beradi, ko‘z kasalliklari: glaukoma, yuqori qon bosimida, buyrak kasalliklarida yaxshi yordam beradi. Allergiyaga qarshi faolligi bor bo‘lib, asab tinchlanishiga ko‘mak beradi. Bu rang ko‘z va qon bosimini tushiradi, yurak kasalliklarida yordam beradi. 

Ayniqsa, yam-yashil daraxtlar, o‘tloqlarga qarash foydali. Qish paytida esa, yashil rangli ko‘zoynak taqish yoki rangli qog‘ozni kartonga yopishtirib, 10-15 daqiqadan qarab o‘tirish foyda beradi. 

Moviy rang - astma, bo‘qoqqa chalingan, ko‘p shamollaydigan, semiz kishilarga foydali. Bemor ertalab tiniq osmonga to‘yib-to‘yib qarashi zarur. Bu rang tinchlantiradi, immunitetni ko‘taradi.

Ko‘k rang uyqusizlikda, yo‘tal, gaymorit, tomoq kasalliklarida yordam beradi.

Binafsha rang intuitsiya (ichkisezish quvvati)ni kuchaytiradi...

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook