Restoran biznesi to’g’risida qiziqarli faktlar
Restoran biznesi to’g’risida qiziqarli faktlar
Qaysi mamlakatda restoranga tashrif buyurgan mijoz o’z ovqatini ohirigacha yeb qo’ymagani uchun jarimaga tortilishini bilishni istarmidingiz? Qayerda 2 kilogramga teng steykni mutlaqo tekinga yeyish mumkinligini bilishni-chi? Agar bu sizni haqiqatdan ham qiziqtirib qolgan bo’lsa quyidagi maqola siz uchun, marhamat o’qing...

1. Restoran ma’muriyati oxirigacha yeyilmagan taom uchun mijozni jarimaga tortishi mumkinligini kim ham o’ylabdi deysiz?Ammo Braziliya restoranlarida aynan shunday bo’ladi. Ha, ha, ishonavering.

2. Bollesjenemis restoranining maxsus standartlari unutilmas taassurotlar qoldiradi. Burestoran Ryudesxaym shahrida, sobiq qamoqxona binosida joylashgan. Mehmonlarni ozodlikdan mahrum qilish joylarining muhitiga yanada chuqurroq cho’mdirish uchun ularni kirishdan avval xulq me’yorlari bilan tanishtirib barmoq izlarini yechib oladilar. Ammo bu ham hali hammasi emas. Shundan keyin tashrif buyuruvchilar qamoqxona libosini kiyib olib “o’g’rilar kokteyli”dan bir stakandan ichib olishlari kerak.

3. Har bir restoran albatta “shilib” oladi degan fikr eskirgan, chog’i. Gollandiyada shunday bir muassasa borki, uning mehmonlari tushlikdan keyin taom va ko’rsatilgan xizmat uchun qiymati belgilangan narhni emas, qancha to’lashni xohlasa shunchani to’lab ketaverar ekan. Qanchalar g’alati tuyulsa ham, hamma hisobdagidan sal ko’proq pul qoldirib ketadi. Natijada restoran gurkiraydi.

 

4. Restoran biznesidagi yana bir yangilik – muassasaning egasi dunyoning istalgan nuqtasida bo’lishi va o’z biznesini planshet orqali boshqarishi mumkin. Restoran ishini avtomatlashtiradigan bunday dasturni internet sahifalarda bemalol harid qilish mumkin. A’lo darajadagi xizmat, ish avtomatizatsiyasi, mijozlar uchun qulayliklar.

5. Brodveydagi Ellen's Stardust restorani go’yo vaqt mashinasiday mijozlarini 20 asrning 50-chi yillar muhitiga olib o’tadi. Uning dizayni, atrofdagi narsalarning choylashtirilishi va taomlar assortimenti to’laligicha avvalgi yo’lbo’yi restoranlarning qofiyasi. Xizmat qiluvchi hodimlar sifatida bu yerdagi  estrada sahnasida bir biri bilan almashadigan professional artistlar ishlaydi.

6. Ishonish qiyin, ammo bu fakt: Nyu Gempshir restoranlarining mijozlari musiqaga “jo’r bo’lib” stol ustiga barmoqlari bilan taqillatishga xaqlari yo’q. Shuningdek, ularga oyoq kafti yordamida taqillatish hamda boshlari bilan ritmik harakatlarni bajarish ham ta’qiqlangan.

7. Vazni 2 kilogramm keladigan go’sht bo’lagini mutlaqo tekin yeyishni xohlaysizmi? Unda sizning yo’lingiz Big Texan Steak Ranch Amarillo restorani tomonga! Biroq bu Amerika restoranining bir sharti bor: agar steykni 1 soat ichida yeb bo’lmasangiz, hisob bo’yicha to’lashingiz shart.

8. Angliyalik Brayton boshqa nou-xauni o’ylab topdi: u tungi restoran mijozlarini mislsiz katta bo’lgan shilliqqurt bilan hayratda qoldirgan. Uning vazni 500 gram bo’lganva mehmonlarning ko’ngilhushligi uchun pivo ichgan.

 

9. Tayvanlik ModernToilet Taipei restoranining egasi “ahmoqona” tashabbus borasida ko’pchilikdan o’tib tushdi. U mijozlar uchun stullar bilan idishlarga ... unitaz shaklini bergan. Sog’lom aqlga ega bo’lgan odam bunday restoranga kiradimi, deyishingiz mukin. Ammo, aytishlaricha, noyob restoranning mijozlari bunday ekzotikadan doim mamnun emish. 

10.Norvegiyaning poytahtida Iona ismli ayollar (balki erkaklar ham) juda omadi yurishishi aniq. “Kit” nomi bilan mashhur bo’lgan baliq taomlari restoranida shahsni tasdiqlovchi hujjat ko’rsatib qo’yilsa bas “Iona” ismli mijozni qovurilgan kit go’shtidan tayyorlangan taom bilan tekin mehmon qilishadi. Bunday hotamtoylikning sababi – Iona va u kitning qornida azoblangan to’g’risidagi Bibliya masali.

11. Ekstrimni sevuvchilar Dinnerinthe Sky restoraniga kirishga intiladilar.Tushlik 50 metr balandlikda o’tadi. Jami 22 kishiga mo’ljallangan stol atrofiga mehmonlarni kran ko’tarib eltib qo’yadi. Ularning xavfsizligini maxsus kamarlar ta’minlaydi.

12. O'NoirMontreal restorani o’zi uchun o’zi gapiradi. Bu yerda mutlaq zimiston hukm suradi, interyerda esa faqat qop-qora ranglar mavyud. Ofitsiantlar mehmonlarni kuzatish uchun tungi ko’rish moslamalari bilan ta’minlangan. Hech narsa ko’rinmaydigan tim qorong’ilikni buzadigan har qanday moslamalardan foydalanish taqiqlangan.

13. Quvaytda ustritsalarni ochiq chig’anoq ichida dasturhonga tortiladi. Muassasalar egalari shunday qilishga majbur, chunki ularning ichida marvarid bo’lib qolishi mumkin. Agar shunday hol ro’y bersa, hukumatning fikricha, chig’anoqlarni yopiq holda keltirilishi qimor o’yiniga tenglashtiriladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook