просмотров
1.Qaysi stolga o’tirish
Nufuzli va o’z ishini biladigan har qanday restoranda sizni albatta admistrator kutib oladi va sizni kerakli stolga o’tkazadi. Agarda hech kim kutib olmasa, uni shundoq kirish eshigining oldida kutib turing va u albatta oldingizga keladi.
2.Sochiq va salfetka
Stoldagi idishlar oldidagi sochiq kiyimlaringizni saqlash uchun mo’ljallangan. Qoida bo’yicha u tizzaga yoyib qo’yiladi. Og’iz esa stol markazida qo’yilgan qog’oz salfetkalar bilan artiladi.
3.Oro berish xonasi
Agar siz o’zingizga qarab olish va oro berishingiz kerak bo’lib qolsa: sochni tarash, labni bo’yash va xokazo – xojatxona ichidagi maxsus xonada bajarib olishingiz mumkin.
4.Taom buyurtirish
Agar qanday taom buyurtirishni bilmayotgan bo’lsangiz, bunday holda sizga ofitsiant yordamga keladi va maslahatlarini beradi. Odatda, avvaliga sovuq gazaklar tortiladi, so’ngra birinchi taom beriladi, ya’ni suyuq ovqat. Ikkinchi taom sifatida go’shtli yoki baliqdan tayyorlangan ovqat keltiriladi. Desertga shoshmay turing, u asosiy ovqat yeyib bo’lingandan keyin iste’mol qilinadi. Uni yeyishga joy qoladimi yo’qmi bilmaysiz-ku, balki issiq ichimlik – qahva yoki choyning o’zi yetarli bo’lar.
5.Stol anjomlaridan foydalanishni bilish
Stol maksimal miqdordagi taomlar uchun mo’ljallab anjomlar bilan jihozlangan bo’ladi, shu bois likopchangiz oldida ko’p anjomlar bo’lishi mumkin, bundan cho’chimang. Buyurtmangizni qabul qilib olishi bilan, ofitsiant ortiqcha idishlarni yig’ib oladi.
6.Mobil etiket
Telefonlar jamoat joyida, jumladan restoranlarda jiringlamasligi kerak. Bu odobsizlik hisoblanadi. Bordi-yu muhim qo’ng’iroqni kutayotgan bo’lsangiz, telefon ovozini o’chirib qo’ying. Telefonni ko’targandan keyin, gaplashish uchun uzr so’rab, restoran zalidan chiqib, keyin gaplashing. Telefon stol ustida turmasligi kerak, u yo ayolning sumkachasida, yoki erkak kishining cho’ntagida bo’lishi lozim.
7.Tanqid
Agar biror bir ovqat sizga yoqmagan bo’lsa, bu restoranning aybi emas, sizning didingizdir. Siz faqatgina agar taomlar haddan tashqari sho’r, sovuq, yaxshi qovirilmagan, yoki tagiga olgan va turib qolgan bo’lsagina shikoyat qilishga haqqingiz bor.
8.To’lov qoidalari
Agar siz restoranga taklif qilingan bo’lsangiz, taklif qiluvchi siz uchun ham to’lashi kerak. Agar boshidan o’rtada to’lanadi, deb kelishilgan bo’lsa, teng qismdan to’lanadi, kim nima yeganidan qat’iy nazar. Choychaqa umumiy qiymatning 10 % ni tashkil etadi, agar ofitsiantlarning xizmati sizga ma’qul bo’lgan bo’lsa, undan ham ko’proq qoldirishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook