просмотров
Avvalo uy yig’ishturishda, xoh changyutgichdan foydalanasizmi yoki supurgidan, gilam ustini nam latta bilan artishga odatlaning. Ortiqcha chang- g’ubordan halos bo’lasiz. Mabodo shunda ham gilam tuklari bir-biriga yopishgandek ko’rinsa, bunday qiling: chelakka iliq suv to’ldirib, ozroq shampundan qo’shing. So’ng dag’al tishli cho’tkani suvda namlang-da, gilam yuzasini ishqalang. Tuklarining namiqqanligidan foydalanib, keraksiz sanchqida ularni asta tarang. Ahamiyat bering, gilam qurimagunicha usti bosilmasligi kerak.
Ovqatni ko’p aralashtirish kerakmi?
Aslida bu notog’ri. Suyuq taom pishirayotganda har zamon tagiga olmasligi uchun qozon kovlab turilsa bas. Yo’qsa mahsulotlar yaxshi aralashmay, maydalanib ketadi. Qarabsizki ovqatingiz bo’tqa holiga keladi.
Yangi gaz pechini harid qildingiz deylik. Har taom tayyorlagandan so’ng plitani tozalashga erinsangiz yoki vaqtingiz tig’iz bo’lsa, zarqog’ozdan foydalaning. Buning uchun plita ustiga o’lchamiga moslab qog’oz solasiz. Ikki-uch haftda zarqog’ozni alishtirib tursangiz yetarli, ham vaqtingiz tejaladi ham idish yuvish vositasi iqtisod bo’ladi.
Xamirni qorgach, uzoq mushtlash kerak degan fikr notog’ri. Uzoq mushtlangan hamirda ortiqcha yopishqoqlik yuzaga keladi va u keragidan tashqari qattiqlashadi. Xamirni bir hil aralashma holiga kelguniga qadar mushtlang. Unni elab ishlating, bu xamirning yumshoq bo’lishida yordam beradi.
Oddiygina tish cho’tkasi
Uning yordamida rakovina, hojatxona va vannaxonadagi tozalash qiyin bo’lgan kichik burchaklarni ozoda ko’rinishga keltirish mumkin. Misol uchun, hojatxona unitazining ichki tarafini olsak, odatdagi cho’tka ichkariga qayrilgan qismiga sig’maydi, natijada bakteriya va mikroblar shu holicha qolib ketaveradi. Foydalanilmaydigan tish cho’tkasi esa, katta cho’tkalar eplolmaydigan vazifani a’lo darajada uddalab, ishingizni yengillashtiradi. Faqat tozalash ishlaridan so’ngtish cho’tkasini bir chetga olib qo’yishni unutmang.
Kafel artish jarayonida
Namlangan lattani to’rtga buklab oling. Ishingiz anchayin osonlashadi. Lattaning bir tarafini ishlatgach, qolgan uch qismidan bemalol foydalanasiz. Kafel tozalashda sovun yoki kir yuvish kukunidan foydalanmang. Ular tarkibidagi ishqor kafel yuzasida dog’ paydo qiladi, so’ng har qancha toza suvda chayilsa ham xiraligi ketmaydi. Yaxshisi, iste’mol sodasini ozroq suvda eritingda, uni kafel boylab tarqating. Keyin yumshoq mochalka bilan ishqalab olsangiz yetarli.
Tova tozalash
Quymoq pishirgandan so’ng, tova sovishini kuting. Issiqligida suv tagiga olib borsangiz, bir necha marotaba foydalangandan keyin tagi oladigan ko’rinishga keladi. Yana bir gap tovaning ichki qismini “chistol” kukunida ishqalamang. Yuzasi qiriladi.
Go’shtni qovurishdan oldin yuvish kerak, ammo undan so’ng likopcha yoki kosaga solib qo’yish hato. Negaki go’shtdan ajralgan suyuqlikda mikrob va bakteriyalar bor. Siz go’shtni chayib, undagi yopishqoqlikni ketkazgandek bo’lasiz, ammo u o’zidan ajralgan suyuqlikda turib qolarkan, ichak tayoqchalarini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan zararli mikroorganizmlarga to’yinadi. Go’shtni chaydingizmi, qog’oz salfetka ustiga qo’yib quriting.
Сообщения из Facebook