просмотров
Yuzdagi chuqurchalarni tortuvchi niqob
Yuzdagi katta teshikchalar yog’li terini ko’pincha apelsin po’stlog’iga o’xshatib qo’yadi. Terini tashqi ko’rinishini yaxshilash uchun bir dona tuxumning oqini ko’pirtirib, unga bir choy qoshiq limon sharbati qo’shish kerak. Bu qorishmani sekinlik bilan har besh daqiqada birinchi qatlam qotishi bilan ikkinhisini surtib boring. So’ngra niqobni iliq ko’k choy bilan paxtali tampon orqali yuvib tashlang.
So’lg’in teri uchun mo'ljallangan niqob
Bir choy qoshiq asalni bir dona hom tuhum sarig’i bilan aralashtiring. Yarim choyqoshiq o’simlik moyi va 10 tomchi limon sharbati quying. So’ng ko’pirtirib, bir choyqoshiq suli unidan qo’shib yuboring. Niqobni yuz va bo’yin terisiga 20 daqiqa surtib, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.
Terini tetiklashtiruvchi niqob
Suvli vannada ikki oshqoshiq asalni eriting. Ikki oshqoshiq tuyilgan suli donini va yarimta limondan siqilgan sharbatni qo’shib yuboring. Iliq qorishmani yuzingizga surting. 20 daqiqadan so’ng niqobni iliq suv bilan yuvib tashlang.
Terini quvvatlovchi dorivor
Doka qopchaga limon va muz bo’lagini solib, yuz, bo’yin va butun tanangiz terisiga surtib chiqing. Namlikni sochiq bilan artmang, o’zi tabiiy qurib qolishiga qo’yib bering. Ana shunda teringiz tiniqlashib, husningizga husn qo’shiladi.
Сообщения из Facebook