Rossiyaning Omsk oblastida quyon o’ldirilgan itning uch bolasini boqadi
Rossiyaning Omsk oblastida quyon o’ldirilgan itning uch bolasini boqadi
Omskda Azovo qishlog’ida quyon o’ldirilgan itning uch bolasini boqayotgani to’g’risida xabar tarqaldi. Bu haqda mahalliy aholi “VKontakte” ijtimoiy tarmog’ining “Omsk va Omskning 100 ta g’aroyib joylari” guruhida xabar berdi.

Azovo qishlog’ining aholisi ajoyib voqea to’g’risida o’rtoqlashdilar. Ular bir quyon o’ldirilgan itning bolalarini boqayotganiga guvoh bo’ldilar.

Kichkinabir hayvonning harakati e’tiborga loyiq – odamlarning har birida ham oddiy quyonda topilgan insoniylik fazilati topilavermaydi. Uchta kuchukning onasi – odam, to’g’rirog’i - ikki oyoqli maxluq tomonidan otib ketilgan bir it o’z kuchukchalarini katalakka tashib o’tib yashirishga ulgurgan, ammo shundan keyin jon taslim qilgan. 

Kuchuklar to’g’risida qayerdan paydo bo’lib qolganligi hamon noma’lum ... Ularga quyon g’amho’rlik qila boshlagan. Bu quyon itlar uchun ham ona, ham ota.  Ijtimoiy tarmoq a’zolari ushbu quyon va kuchukchalar uchun boshqa joyda xo’jayin izlab, ommaga murojaat qilgan, chunki haligi ikki oyoqli maxluq hamon o’sha katalakning yonida istiqomat qilib keladi. 

Quyonga ham haqiqiy xo’jayinlar kerak. “Ushbu voqeani tarqataylik – iloji bor qadar ko’proq kishilar hayvonlar insonga dushman emasligini, Rossiyada esa haligacha hayvonlarni himoya qiladigan munosib qonun yo’qligini bilsin!” – deb yozadi ijtimoiy tarmoqdagi guruh ishtirokchilari. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook