просмотров
Karikaturachi rassom Tomas Nast tomonidan yaratilgan personaj turli siyosiy sahnalarga chiqib keldi.
Fuqarolik burchini bajarishga chaqirib ko’rsatkich barmog’ini tomoshabinga qaratgan Sem amakining portreti dastlabki suratdan 60 yil o’tganidan so’ng dunyoga kelgan.Odamlarga ta’sir ko’rsatgan effektga Yevropada baho berilgan. Natijada “Sem amaki” plakatining g’oyasi asosida ko’pdan ko’p variatsiyalarda, shu jumladan“Ona-vatan” sovet plakati ham vujudga kelgan.
Nast karikaturasi, 1877 yil
“Sem amaki” iborasining kelib chiqishi hanuzgacha juda ham ko’p bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. Odatda “Sem amaki” deyilganida 1812-1815 yillarda Angliya bilan bo’lgan urush paytida amerikalik askarlarga go’sht yetkazib berib turgan savdogar Semyuel Uilson bu iboraning kelish chiqish manbai deb hisoblanadi. Semyuel Uilson yetkazib berayotgan mol go’shtining bo’laklarida davlat buyurtmasi ekanligini yuildirish uchun “U.S.” harflari bilan belgilangan tamg’a bo’lgan. Ammo xushchaqchaq askarlar bu qisqartmaga boshqa kengaytirib o’qishni o’ylab topganlar – Uncle Sam (Sem Amaki). Bu hazil juda ildiz otib yubordi va Sem Amaki Amerika Qo’shma Shtatlarini tanishtiruvchi timsolga aylanib qoldi.
Jurnallarda ushbu qahramon portretining dastlabki variantlari paydo bo’la boshladi. Taniqli obrazning asosini karikaturachi Tomas Nast yaratdi.
Djefferson Devis
U mustaqillik uchun urush paytidagi Yangi Angliya bilan bog’liq bo’lgan Aka Djonatan obrazining bir necha detallaridan, shuning bilan birga Konfederatsiyaning birinchi va yagona prezidenti Djefferson Devisning suratbop jihatlaridan foydalangan.
1917 yilning plakati
Natijada kelishmagan kostyum kiygan va silindrsimon shlyapasi ostidagi xo’ppaygan oqsochli qotma chol vujudga keldi. Bu 1870 yillarda ro’y berdi. 19 asrning ohirida Nast hamda boshqa karikaturachilar yordamida “Sem amaki” nomli qariya butun dunyo uzra AQSH bilan bog’liq bo’lib qoldi.
“I want you for U. S. army” (Seni Amerika Qo’shma Shtatlari armiyasida kutaman) plakati
1917 yilda Amerika hukumati buyurtmasiga asosan Djeyms Montgomeri Flegg nafaqat yulduz darajadagi rassomning ijod cho’qqisi bo’lib qolgan, balki AQSH armiyasiga o’n minglab ko’ngillilarni yetaklab kelgan palkatni chizdi. Yuzida qat’iyatlik, jiddiylik, talabchanlik paydo bo’lgan Sem amaki plakatdan butun millatga murojaat qilib turgandi: «I Want You' for a US Army» (Seni Amerika Qo’shma Shtatlari armiyasida kutaman). Ushbu plakatning notiqliligi bilan birga ko’zga ko’rinar obrazi shubhaga bir daqiqa ham qoldirmay ushbu da’vatga inkor bilan yondoshishga zarracha ham imkon qoldirmagan.
Agiattsion plakatning Britaniya varianti. 1914 yil, Alfred Lit
Davroqe, Djeyms Flegg “Sem amaki”ni plakatdagi obrazini yaratish uchun Nast suratini asos qilib olgan bo’lsa-da, uning yuz qiyofasini o’z aksiga qarab chizgan. Plakat g’oyasi esa Britaniyalik agitatorlardan olingan bo’lsa kerak.
“Sen ko’ngillilar qatoriga yozildingmi?” plakati 1920 yil, D. Moor
Buyuk Britaniyava AQSHning muvaffaqiyatlari tajribasidan Rossiyada ham foydalanilgan. Masalan, Dmitriy Moor ko’ngillilar qatoriga qo’shilishga da’vat qilayotgan “budyonovka” qalpog’idagi qizil armiya askarining obrazini yaratgan.
Oradan 20 yil o’tib huddi shu mavzuga Irakliy Toidze ham qaytgan: uning 1941 yildagi “Ona-vatan da’vat qiladi!” plakatida qizil armiya askari bilan Echen Delakrua barrikadalaridagi Ozodlik birlashtirilgan.
Сообщения из Facebook