Sepkillardan xalos bo'lish usullari
Sepkillardan xalos bo'lish usullari
Sepkillar – uncha katta bo’lmagan dumaloq yoki oval shaklida, och sariq hamda to’q malla rangdagi dog’lar hisoblanadi. Odatda, bahor- kuz mavsumida ularning rangi to’qlashib, yuzda dog’ kabi bilinib qoladi.

Agar sepkil yoki dog’lar paydo bo’la boshlasa, o’simliklardan tayyorlangan oqartiruvchi kremlar, yuz uchun turli niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Sepkillardan halos bo’lishda behi, qora va qizil qorag’at, kalendula, petrushka barglari damlamalari, limon suviga bir hil muqdorda aralashtirilgan kartoshka kraxmali, limon suvi bilan yuzni tozalab yuvish yaxshi samara beradi.

Ikki uch kunlik kefir bilan yuzni tozalash ham ancha foydali sanaladi. Yoz faslida esa terini yangi bodring suvi yoki qora qarag’at sharbati bilan artish tavsiya etiladi. Quyida uy sharoitida tayyorlash mumkin bo’lgan sepkil va dog’larni yo’qotishga qo’llaniladigan niqoblardan bir nechtasining tayyorlanish usuli bilan tanishasiz:

·   1 stakan quritilgan momoqaymoq 1 litr suvga solinib, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Keyin 1-2 soat tindirilib  qo’yiladi.Tayyor bo’lgan damlama bilan yuzni yuvsangiz foydasini sezib boshlaysiz.

·    Qora qarag’at sharbati kartoshka kraxmaliga aralashtirilib, 15-20 daqiqa yuzga suriladi. 20 daqiqadan so’ng avval iliq, so’ngra sovuq suvda yuvib tashlash lozim.

·    Sepkillardan xalos bo’lish uchun limon suvi, sirka va oddiy suv teng miqdorda olinadi. Agar teri quruq bo’lsa,  aralashmaga ozroq glitserin qo’shish tavsiya etiladi. Niqobdan yuzni tozalashda foydalansa yaxshi samara beradi.

·    Piyozdan tayyorlangan niqob ham yog’li va o’rtacha yuzlilar uchun yuqoridagi muammoning yana bir yechimi bo’la oladi. Buning uchun piyoz suviga bo’ktirilgan  paxta yordamida ertalab va kechqurun yuzni tozalab turish, undan so’ng esa Smetana yordamida artish kifoya.

·    Agar yuzingizda sepkillar juda ham ko’p bo’lsa, unda buning ham yechimi bor. Buning uchun 2- 3 dona sabzi mayda tishli qirg’ichdan o’tkazilib, sharbati olinadi. Bunda yuz sarg’ish tus oladi va sepkillar shu bois ham unchalik ko’zga tashlanmaydi. Agar sabzi sharbatiga bir necha tomchi  limon suvi qoshilsa, bu sepkillardan xalos bo’lishning eng samarali yo’li bo’ladi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook