просмотров
1. Na’matakli choy
Na’matak C vitaminiga boy. Quritilgan na’matak mevalarini maydalang. 3 osh qoshiq na’matakka qaynoq suv quyib, termosda tun bo’yi qoldiring. Ushbu ichimlikni bir kunda 4 mahat ovqatdan yarim soat oldin iching.
2. Malina va jo’kali choy
Quritilgan jo’ka gullaridan choy damlang va unga malina barglarini qo’shing. 30 daqiqaga dam bering.
3. Asalli limon choy
Agar sizda shamollash kuzatilayotgan bo’lsa, yangi damlangan qora yoki ko’k choyga 1choy qoshiq asal va ikki bo’lak limon soling. Ushbu ichimlik organizmdan shamollashni ketkazishga yordam beradi.
4. Zanjabilli limon choy
Bunday choy sovuq kunlarda imunitetni oshirishga va faollikni kuchaytirishga yordam beradi. 1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq limon sharbati, 0,5choy qoshiq zanjabil va bir chimdim dolchin qo’shib damlanadi.
5. Mineral suv va qaynoq sut
Agar yo’tal tutsa, qaynoq sutga mineral suv qo’shib ichsangiz, u yo’talni daf qiladi.
6. Quruq mevalardan qilingan kompot
Quruq mevalar iliq suvda yuviladi. Olma va nok 30 daqiqa davomida yumshaguninga qadar qaynatiladi. Keyin esa limon, shakar va asal solinadi. Bu ichimlik ham shamollashni samrali davolay oladi.
7. Moychechakli choy
Moychechak yallig’lanishga qarshi eng yaxshi vosita. Unga asal va jo’ka qo’shilsa yanayam yaxshi ta’sir etadi. Bunday choy tayyorlash uchun 1 choy qoshiq moychechak va jo’ka gullari 1 stakan qaynoq suvga solinadi va 20 daqiqa dam beriladi. Suzib olingach, bir kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Ta’bga ko’ra asal ham qo’shish mumkin.
8. Sarimsoqli sut
Ushbu ichimlikni tayyorlash uchun sutga 10 tomchi sarimsoq sharbati qo’shiladi va tun bo’yi qoldiriladi. Bu ichimlikni kechki payt yotishdan avval iching.
Сообщения из Facebook