Shaolin jang san’ati tarbiyalanuvchilarining mashqlari
Shaolin jang san’ati tarbiyalanuvchilarining mashqlari
Shaolin rohiblari o'zlarining mashaqqatli mashg'ulotlarini bolalik chog’laridan boshlaydilar va 6 yoshiga kelib, ular o'z tanalarining ajoyib qobiliyatlarini namoyish qila oladilar.

Shaolin rohiblari – afsonaviy Shaolin ibodatxonasining jangchilaridir. Ular o’ta xotirjamliklari, kuchli irodalari, mardliklari, turli xil mahrumlik hamda har qanday uqubat va mashaqqatlarga bardosh bera olishlari bilan ajralib turadilar.

Ibodatxona qurish uchun joy tasodifan tanlanmagan. Sunshan tog'i Xitoyning muqaddas tog' cho'qqilaridan biri hisoblanib, u yerda qadimda daoslar yashagan hamda zohid, qalandar va avliyolar qo’nim topganlar.

O’sib borayotgan Shaolin jangchilarining mashg'ulotlari  mana shu tarzda o'tkaziladi, natijada bolalar turli xil holatlarda muvozanatni saqlashni o'rganadilar.

Moslashuvchanlik hamda epchillik mashqlaridan tashqari, ular har kuni qo'l jangi san’atining sir-asrorlarini ham o'rganadilar.

Shaolinga kirish oson emas, chunki bolalar bir qator qiyin va mashaqqatli sinovlardan o’tishlari shart. Mashg'ulotlarga kirishgandan so'ng esa haqiqiy kung-fu jang ustasi bo’lib yetishib chiqadilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook