просмотров
Haqiqatdan ham sharf tanlashdagi eng muhim omil – mato sifati. Masalan, ipak – silliq va yaltiroq ko’rinishga ega bo’lib, o’zga matolardan ajralib turadi. Viskozadan tayyorlangan sharf va ro’mollarni a’lo darajada bezatish mumkin. Mato tanlashda eng muhimi – u teriga zarar yetkazmasligi, chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi va cho’zilib ketmasligi lozim.
Sharf tanlash borasida kashemir, ipak, shifon, krepdeshin, duxoba, sherst ( jun gazlama) va viskoza matolariga alohida e’tibor qarating. Sintetik matodan tayyorlangan ro’mollarni ham ko’zdan kechiring. Bugungi kunda mashxur dizaynerlar tomonidan yaratilayotgan kolleksiyalarda sintetik matolar ahamiyati tobora ortib, zamonaviy texnologiyalar undan a’lo darajadagi sharf tayyorlash imkonini bermoqda.
“Bizning zamonamizda sintetikadan voz kechish – kompyuterda ishlashni istamaslik bilan barobar”. Donna Karan,modelyer.
Sharf tanlash jarayonida uni gorderobingizdagi biror kostyum bilan birga tasavvur qiling. Yengil matodan tayyorlangan liboslar xarir sharflarni talab qilsa, qalinroq ust-bosh o’ziga o’xshash sharf bilan uyg’unlashadi. Yupqa shifon sharf sherst mato bilan mos tushmaydi, uzig’ir matosidan tayyorlangan yozgi liboslarga uyg’un.
Agar ma’lum bir libos uchun sharf sotib olmoqchi bo’lsangiz, xaridga otlanayotganingizda aynan shu libosni kiyib chiqing. Sotib olish jarayonida sharfni turli usullar bilan o’rab ko’ring. Agar sharf juda dag’al va o’ta yumshoq bo’lsa, uni sotib o’lishdan voz kechganingiz ma’qul.
Neytral rangli libos uchun yorqin rangli sharf tanlanishi lozim. Ammo unutmang, sharf teringiz rangiga mos bo’lishi kerak. Tantanalar uchun tilla yoki kumushrang ip va yaltiroq kukun bilan ishlov berilgan sharflar tanlagani yaxshi. Bunday sharf bilan oddiygina qora libos ham benuqson ko’rinadi.
Sharfning eni juda katta ahamiyatga ega. Bo’yningiz uzun bo’lsa enli sharf, kalta bo’lsa ensiz sharf taqishingiz lozim. To’ladan kelgan honimlarga esa yupqa sharflar yarashadi.
“Zirak, bilaguzuk va sharf to’g’ri tanlangan bo’lsa, ko’rinish benuqson bo’lishi aniq”. Vendi Vassershtayn, Dramaturg.
Endi esa sharflar o’rash turlariga to’xtalib o’tamiz:
1. Sharfni yelkalardan aylantirib ko’krak qarshisiga bog'lanadi. Ushbu usul qo’lning yuqori qismidagi kamchiliklarni berketishga yordam beradi.
2. Endigi usul kapalak deya ataladi.sharf o’rtasidan ikkiga buklanadi. O’rta qismida yengil tugun hosil qilinadi va tekislanadi. Sharf bo’yindan shunday o’ralishi lozimki , tugun engak qismda joylashishi kerak. So’ng esa sharf uchlarini xoch xolatida bo’yin orqasidan aylantiriladi va oldinga qaytarilib, tugundan o’tkazilishi lozim. Bo’yinda qanotlari sharf uchidan tashkil topgan kapalak paydo bo’ladi. Agar sharf juda uzun bo’lsa, uni uchlarida kapalak qanotlarini xosil qilib bo’lmaydi. Bunda sharflarning uzun uchi ko’krak qismiga tushib turadi.
3. Sharfni pidjak ichidan bog’lamasdan pidjak ichidan o’rang. Ushbu variant bo’yingizni baland qilib ko’rsata oladi. Agar siz tanlagan bluza bo’yni V shaklida yoki yoqasiz bo’lsa, bu usul siz uchun ayni muddao.
4. Agar yoqali bluza kiygan bo’sangiz, sharfni pijakning tashqarisidan qaytarma yoqa ostidan bog’langani maqul. Mazkur usul vertikal chiziq hosil qilibgina qolmay ko’krak, bel va qorin qismidagi kamchiliklarni berkitib turadi. Nozik did bilan ishlangan taqinchoq ushbu usul orqali o’ralgan sharfni to’ldirib turadi.
5. Sharf uchlarini tugun qilib bog’lab,uchinchi va to’rtinchi variantdagi kabi bo’yinga o’rang. Sharfni bunday o’rash usuli bo’yingizni balandroq qilib ko’rsatadi. Ushbu xolatda sharfni yengil matodan tikilganiga e’tibor qaratish lozim. Aks xolda u besunaqay ko’rinish berib qo'yishi mumkin.
6. Ushbu variantda esa tuguni biroz yengilroq turishi kerak. Sharf yarmidan buklanadi bo’yin atrofidan o’tkaziladi va sharf uchlaridan yengil tugun hosil qilinadi.
7. Keyingi variantda esa sharfning faqat bir uchini bog’laysiz va undan ikkinchi uchini o'tkazib olasiz. Tugunni o’zingiz istagan yerda bog’lashingiz mumkin. Sharfni bog’lashda taqinchoq , kamar va yoqa tuzilishini hisobga olishi lozim.
8. Sharf uchlari orqaga aylantiriladi, hoch shaklida o’rab, ko’krak qismiga tashlab qo’yiladi. Bunday o’rash usuli dumaloq bo’yin o’yindisi bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
9. Sharf bo’yinga tashlanadi. Uchlari hochsimon tarzda ikki marta aylantirilib olinadi. Ammo qattiq tortib yuborish kerak emas. Sharf qancha uzun bo’lsa, old qismidagi shakl shuncha chiroyli chiqadi.
10. Sharqona uslub. Sharfni bo’yinga o’rab, uzun uchlarini orqa tomonga o’tkazing. Ushbu variant yoqasiz ishlangan klassik uslubdagi kostyum bilan mos keladi.
11. Sharf ikkiga buklangan holda bo’yinga o’raladi va uning bir uchi uzunroq qilib tugun bog’lanadi. Sharfning uzun uchi tugunni yopib turishi lozim. Sharfning ikkita uchi ham jilet yoki bluzaning ichiga kiritib qo’yiladi.
12. Ushbu variant romantik va oddiy uslubda kiyinishni yoqtiruvchi honimlarga mos keladi. Sharf ikkiga buklanadi, yengil tugun hozil qilinadi. Tugundan sharfning birinchi uchi, so’ng ikkinchi uchi o’tkazib olinadi.
13. Keying variantda sharfning birinchi uchi ikkinchisidan uzunroq qilib o’raladi. Sharf uchlari old tomondan xochsimon tarzda aylantirilib, sharfning uzun uchi bo’yindan yana bir bor aylantiriladi. Sharfning ushbu uchi hosil qilingan ilmoqdan o’tkaziladi. Uni bog’lashda oldindan ham, orqadan ham qattiq tortmaslik lozim.
Сообщения из Facebook