просмотров
Hind milliy liboslari turfa xil bo’lib, har birining o’z kiyiladigan joyi bor. Umumiy nom bilan esa ayollar milliy liboslari sari, erkaklarning milliy liboslari dxoti va lungi deb ataladi. Shuningdek, ayrim hollarda ayollar churidar yoki salwar-kameez (shalvar) kiyib, yelkalariga dupatta ( uzun sharf) tashlab yuradilar. Shalvarlar erkin bichimi bilan churidardan farq qiladi.
Hind an’analari jamoat joylari va diniy dargohlarda shaffof, tor va ochiq liboslarda namoyon bo’lishni taqiqlaydi. Aksariyat hind liboslari mahalliy issiq havo uchun mukammal sanalgan paxta matosidan tikiladi.
Bindi, mendi, zirak, churi (bilaguzuk) singari bezaklar hind ayollariga latofat va joziba baxsh etadi. To’y, bayram kabi muhim hodisalar chog’ida ular yorqin rangdagi bezakli liboslar kiyib, tilla, kumush va boshqa qimmatbaho xomashyolardan tayyorlangan taqinchoqlarga burkanadilar.
Bindi ayollar pardozining muhim qismi sanaladi. Hindlar peshonasida aks etuvchi bindi ma’lum ma’noda muhim timsol hisoblanadi.
Qizil bindi faqat turmush qurgan ayollar peshonasiga qo’yilsa, rangli bindilar qizlarning yolg’iz ekanligini bildiradi. Ayollar sochining farqiga surtiluvchi qizil yoki olovrang kukun induizm diniga e’tiqod qiluvchilar uchun nikoh ramzi sanaladi.
Hind milliy liboslari mamlakat taraqqiyotiga homo-hang rivojlanib bormoqda. Qadimgi Veda yodgorligida po’stloq va bargdan tayyorlangan liboslar haqida qaydlar uchraydi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot hind paxta liboslarining a’lo darajadagi sifati haqida yozib qoldirgan.
Сообщения из Facebook