просмотров
Turk tarixchisi Nuri Janlining aytishicha, mazkur shirinlik haqidagi ilk qaydlar XV asrga tegishli: “Pahlava uchun yupqa xamir tayyorlash an’anasi ossuriyaliklardan kirib kelgan. Usmoniy sultonlar hayot kechirgan Topkapa saroyida Sulton Fotih davridan qolgan kitoblar saqlangan, unga ko‘ra tahmin qilish mumkinki, mazkur shirinlik ilk marta 1453 yilda sulton saroyida tayyorlab ko‘rilgan. Aytishlaricha, shirinlik sultonga shunchalar yoqib qolganki, uni har bayramda tayyorlash uchun buyruq bergan.
Tayyorlash usuli:
Kerakli masalliqlar:
420 gr un
1 dona tuxum
10 gr qavartma
1 oshqoshiq guruch sirkasi
ta’bga ko‘ra vanilin
150 gr jo‘xori kraxmali
yarim choyqoshiq tuz
250 gr shakar (sirop uchun)
200 ml suv (sirop uchun)
2 oshqoshiq limon sharbati
1 dona dolchin tayoqchasi
ozroq kunjut
qovurish uchun o‘simlik yog‘i
Tayyorlanish ketma-ketligi:
1. Idish ichiga tuxum chaqib, ustidan shakar, tuz va vanilin qo‘shiladi.
2. Masalliqlar ketidan suv quyib, sirka hamda o‘simlik yog‘i qo‘shiladi.
3. Idish ichiga un va qavartma qo‘shib, xamir qoriladi. Xamir stol ustida 10 daqiqa mushtlanadi.
4. Xamir uchta bo‘lakka bo‘linadi va har biri sharcha ko‘rinishiga keltirib olinadi.
5. Xamir ustiga kraxmal sepib, yupqa shaklda yoyiladi.
6. Yoyilgan xamir ustiga kraxmal sepiladi.
7. Xamir rulet shakliga keltiriladi.
8. Ruletdan 1,5 sm qalinlikdagi bo‘laklar kesiladi.
9. Xamir bo‘laklari ustki tomonidan yoyiladi.Bunda uning qatlama tomoni ikki tarafga qarab turishi kerak.
10. Xamir bo‘laklari qizdirilgan yog‘ ichiga solinadi va sanchqi yordamida qavatlari ochib chiqiladi.
11. Kastryulka ichiga suv, shakar va dolchin tayoqchasi solinib, qaynash holatiga keltiriladi. Sirop 5-7 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Sirop olov ustidan solingach, ichiga limon sharbati va asal qo‘shib aralashtiriladi.
12. Tayyor pahlavalar sirop ichiga botirilgach, ustiga kunjut sepiladi.
Сообщения из Facebook