Shaxs sifatida tan olina boshlagan okean fuqarolari - Delfinlar
Shaxs sifatida tan olina boshlagan okean fuqarolari  - Delfinlar

Delfin yunoncha "delfos" - "birodar" so’zidan olingan. Bu nom ostida butun dunyoning dengizlari, okeanlari, ko’rfazlar va daryolarida yashovchi kitsimonlar tarkibiga tegishli bo’lgan 70 hil hayvon ma’lum.

Eng katta ko’ngil hushliknidelfinlar bilan birga suzish bahsh etadi. Ular mehribon, silliq, chiroyli, ularni nafaqat bolalar, balki kattalar ham juda sevadi. Ammo delfinariyga tashrif buyurishdan oldin bu ajoyib sut emizuvchilar haqida ba’zi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Delfinlar aylana yo’nalishda suzadi va bir ko’zi bilan har doim ularning yoniga yirtqichlar kelib qolmasligini nazorat qilib turadi. Muayyan vaqtdan keyin ular teskari tomonga suza boshlaydi va boshqa ko’zi bilan kuzatadi.

 

 

Delfin suzayotgan o’rtacha tezlik soatiga 5-12 kilometrga teng. Bu delfinning turlari va vaziyatlarga bog’liq, ba’zi chaqqon delfinlarning tezligi soatiga 32 kilometrga qadar tezlikda harakatlanishi mumkin.

 

Delfinlar hammasi bir-biriga qarindosh bo’lgan gala tashkil etib yashaydi, shuning uchun ulardagi o’zaro yordam berish jihati juda yaxshi rivojlangan. Ular doimo zaiflashgan delfinga u cho’kib ketmasligi uchun har doim suv yuzasiga yaqin bo’lishiga yordam beradi. Delfinlar cho’kayotgan odamga yordamga kelgani to’g’risidagi hikoyalar mavjud. Ular o’zini hech qachon dushman singari tutmaydi.

Delfinlarda o’z ismlari mavjudligi eng shov-shuvli kashfiyot bo’lgan. Ularning aka-ukalari shu tariqa bir-birini ajratadi. Har bir delfin bolasi tug’ilganida o’z ismini oladi. Bu tajribalar bilan isbotlandi: ismini bildiruvchi qayd etilgan hushtak signaliga huddi shu ismga ega bo’lgan delfin javob beradi.

Delfinlar fiziologik jihatdan insonlarga juda o’xshash.

 

Odamlar ham delfinlar ham o’pka bilan nafas oladi. Ikkalasi ham to’rt kamerali yurakka ega bo’lib, miyaning vazni deyarli bir xil. Delfinlar va odamlar issiq qonli jonzotlardir, hatto o’lchamlari ham taxminan bir xil. Uning o’lchamlari, xususan bo’yi inson kabi 1,5-2 metrga yetadi. 

Delfinlarning aksariyati o’zlarining oldidagi narsalarni ko’rmaydilar. Delfinlar va hatto “qotil kit”lar, ya’ni kasatkalar narsalarga qaraganda yonboshida yotib, ularni u yoki bu ko’zi bilan tekshiradi.

 

Delfinlar havo bilan nafas oladi. Ularda baliq kabi jabralari yo’q, ammo ular o’pkalari va yuqori qismida nafas olish teshigi mavjud. Huddi shu nafas olish teshigi bilan kitlar va delfinlar turli xil tovushlarni taratadi. Afalinlar, odatda, nafasni o’rtacha7.25 daqiqaga ushlab qoladi. Ammo ular suv ostida 15 daqiqagacha turishlari ham mumkin.

Delfinlar exolokatsiya vazifasidan foydalanadi, radar bilan bir xil prinsiplarga ega va u oziq-ovqat qidirish uchun ishlatiladi.

Delfinlar o’zlarini ko’zguda taniy olishadi.

 

Delfinlar baliq emas.

 

Delfinlar suvda yashashiga va boshqa dengiz hayvonlariga o’xshashliklariga qaramay, ular ko’proq odamlarga yaqinroq. Delfin –baliqlar kabi ikra tashlamasdan bolalarini tug’adigan va ularni sut bilan oziqlantiradigan issiq qonli hayvon. Uning tangasi yo’q, buning o’rniga tanasi silliq va nozik teri bilan qoplangan. Delfinlarning hatto suzgichlari ham boshqacha tuzilgan. Delfinlarning suzgichlarida baliq suzgichlaridan farqli o’laroq, yelka suyaklari va hatto barmoqlarga o’xshash narsa mavjud. Eng ehtimolga yaqini, bir paytlar delfinlar yer yuzida yashagan, ammo evolyutsiya jarayonida dengizga qaytgan. 

 

Miya

Kattalar Delfin miyasi taxminan 1700 grammga, odamda esa 1400 grammga teng. Lekin miyaning hajmi, hali hech narsadan darak emas, muhimi - uning tuzilishi. Bu hayvonlarni magnit-rezonans tomografida tadqiq qilinishi shuni ko’rsatdiki, delfinlarning nerv hujayralari va miya qobig’idagi burmalarning umumiy soni odamnikidan ham ko’proq ekan.

Muloqot

Ma’lumki, delfinlar turli chastotalardagi tovushli signallar yordamida muloqot qilishadi, bu bizga hushtak chalish yoki chiqillashni eslatadi. Oxirgi ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, delfinlar taxminan 14 000 ta turli ovozli signallardan foydalanishi mumkin, ular taxminan oddiy odamning so’z birikmalariga to’g’ri keladi. Har bir delfinning o’z ismi bor, unga javob beradi.

Bu ism delfinga gala tomonidan tug’ilish paytidayoq beriladi va butun hayot davomida saqlanadi.

Odatlar

Delfinlar, odatda, yolg’iz yashamaydi. Ularning galalari murakkab ijtimoiy tuzilishga ega bo’lib, unda har bir delfin o’ziga xos o’rniga ega.

Delfinlar juda harakatchan, qiziquvchan fe’l-atvorga ega. Yovvoyi hayvonlarning aksariyati odamlar bilan aloqa qilishdan o’zini olib qochsa yoki tajovuzkorona namoyon qilsa, delfinlar odamlar bilan o’ynashni va ayniqsa, bolalar bilan muloqot qilishni juda yaxshi ko’rishadi. Ular nafaqat insonga, balki boshqa hayvonlarga ham mehribonlik ko’rsatadilar. Barcha kuzatuvlar tarixida delfinlar odamlarga hujum qilgani umuman qayd etilmagan. Lekin inson delfinlarga doimo hujum qilib kelmoqda.

Delfinlarning tezligi siri

1936-yilda, Britaniya zoologi Ser Jeyms Grey (Sir James Gray) Delfinlar erishishi mumkin bo’lgan yuqori tezligiga (uning ma’lumotlariga ko’ra, soatiga 37 kilometrgacha) e’tiborini qaratdi.

Jeyms Grey zarur hisob-kitoblarni amalga oshirganidan so’ng, gidrodinamikaning qonunlariga binoan delfinlarning mushaklari kuchi bilan bunday yuqori tezlikka erishib bo’lmaydi,deb ko’rsatgan. Bu jumboq "Grey paradoks" deb nomlangan. Uning muayyan darajada yechimini topish bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Turli vaqtlarda, turli tadqiqotchilar guruhlari delfinlarning bu darajadagi tezligini turlicha tushuntirishlarini ilgari surgan, lekin bu savolga aniq va umum e’tirof etilgan javob haligacha yo’q.

Regeneratsiya qilish qobiliyati

Delfinlar o’z-o’zini davolash uchun ajoyib qobiliyatga ega. Biror joyi yaralangudek bo’lsa - yara hatto katta bo’lsa ham - qon oqmaydi va taxmin qilish mumkin bo’lganidek, infeksiyadan o’lmaydi. Buning o’rniga, ularning eti juda tez sur’atda qayta tiklana boshlaydi. Masalan, akula tishlarining o’rni kabi chuqur jarohatlarda atigi bir necha hafta o’tib deyarli hech qanday aniq izlari qolmaydi.Eng qiziqarlisi shuki, shikastlangan hayvonlarning xatti-harakatlari sog’lomlariniki bilan deyarli bir xil. Bu delfinlarning asab tizimi qaltis holatlarda og’riq hissini to’sib qo’yishga qodir degan taxmin uchun asos bo’ladi.

 

Rasmiy tan olinishi

Hindiston hukumati yaqinda delfinlarni hayvonlar qatoridan chiqarib tashladi va ularga “insoniyatga tegishli bo’lmagan shaxslar” maqomini berdi. Shunday qilib, Hindiston delfinlarning aqli va ongini, o’z-o’zini anglash qobiliyatining mavjudligini tan olgan birinchi mamlakatga aylandi. Shu munosabat bilan Hindiston atrof-muhit va o’rmon vazirligi delfinlardan foydalangan barcha namoyishlar va tomoshalarni taqiqlab qo’ydi va ularning huquqlarini poymol qilmay hurmat qilishga butun insoniyatni chaqirdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook