просмотров
Dubay. Osmono‘par binosining tomidagi selfi.
19-yoshli Aleksandr Remnyov Dubaydagieng baland turar-joy binosi - “Princess Tower”ning tomida o‘zini suratga olgan.101 qavatli bu binoning balandiligi 414 metrga teng.
F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisining selfisi
Niderland qirollik habiy-havo kuchlarining bu uchuvchisi “Boeing 787 Dreamliner” yo‘lovchilar tashuvchi reaktiv samolyotinng fonida suratga tushdi
Gepard bilan selfi
Avstraliyadagi “Eng yaxshi ish” musobaqasining g‘olibi Kameron Ernst Kanberra Milliy hayvonot bog‘ida gepard bilan suratga tushdi
Xalos qiluvchi Iso Masiho haykalining qo‘lidagi surat
Suratkash va Buyuk Britaniya “The Flash Pack” turistik blogining asoschilaridan biri Li Tompson, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi mashhur Xaloskor Iso Masiho haykaliga chiqishga ruxsat oldi
Gonkongdagi osmono‘par binoda selfi
Kamerva va o‘zining cheksiz dovyurakligi bilan qurollangan suratkash Deniel Lau Gonkongdagi balandligi bo‘yicha beshinchi binoga chiqib ajoyib manzarani suratga olishga erishdi
Parashyut bilan sakrashdan oldin olingan surat
Bu yigit Gavayi orolarida vertolyotdan osilib turib aqlga sig‘mas suratga tushishga erisha olgan
Qiruvchi samolyotning kabinasidan yana bir selfi
Turkiyalik uchuvchiaviashouda oliy pilotaj shaklini bajarib bo‘liboq o‘zini suratga olgan
Quvib ketayotgan buqadan qochayotgan paytda olingan surat
Chamasi, bu yigit uni quvib ketayotgan buqa bilan tushgan suratsiz o‘zining hayotini tasavvur qila olmasedi, shekilli
Moskva osmono‘par binolaridan biridagi selfi
Rossiyalik suratkash Kirill Oreshkin dunyodagi eng baland binolarning tomlarida bo‘lib juda ko‘p suratlar qilgan. Biroq Moskvadagi osmono‘par binoning tomida olingan bu surat eng xatarli tarzda amalga oshirilgani
Aviahalokatga uchragan yo‘lovchining selfisi
Ferdinandu Puentes xaloqatga uchragan avialaynerning ichida bo‘lib qolish kabi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Tinch okeanida suzib yurgan holatda yigit cho‘kayotgan samolyotning fonida selfiga suratga tushishdan boshqa narsani o‘ylab topa olmadi. Qiziq, agar unga akula hujum qilsa u akula bilan birga ham selfiga tusharmidi?
Koinotdagi selfi
Astronavt Mayk Xopkins aslma’noda selfi san’atini mislsiz balandlarga olib chiqdi. NASA muxandisi bu suratni 2013- yilda koinot sayrlaridan birida bajardi
Vulqondagi selfi
Kanadalik yozuvchi Djordj Kurunis selfi uchun Ambrim orolining ochiq lava ko‘li bo‘yida suratga tushdi
Сообщения из Facebook