просмотров
Xaqiqatdan ham sharf tanlashdagi eng asosiy omil - mato sifati. Masalan ipak – silliq va yaltiroq ko’rinishga ega bo’lib, o’zga matolardan ajralib turadi.
Viskozadan tayyorlangan sharf va ro’mollarni esa a’lo darajada bezatish mumkin. Mato tanlashda eng muhimi – u teriga zarar yetkazmasligi, chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi va cho’zilib ketmasligi lozim.
Sharf tanlash borasida kashemir, ipak, shifon, krepdeshin, duxoba, sherst (jun gazlama) va viskoza matolariga alohida e’tibor qarating. Sintetik matolardan tayyorlangan ro’mollarni ham ko’zdan kechiring. Bugungi kunda mashxur dizaynerlar tomonidan yaratilgan kolleksiyalarda sintetik matolar ahamiyati tobora ortib, zamonaviy texnologiyalar undan a’lo darajadagi sharf tayyorlash imkonini bermoqda.
Sharf tanlash jarayonida uni garderobingizdagi biror kostyum bilan birga tasavvur qiling.Yengil matodan tayyorangan liboslar harir sharflarni talab qilsa, qalinroq ust-bosh o’ziga o’xshash qalin matodan tayyorlangan sharf bilan mos tushadi.Yupqa shifon sharf sherst mato bilan mos tushmaydi, u zig’ir matosidan tayyorlangan yozgi liboslarga uyg’un.
Agar ma’lum bir libos uchun sharf sotib olmoqchi bo’lsangiz, xaridga otlanayotganingizda aynan shu libosni kiyib chiqing. Sotib olish jarayonida esa sharfni turli usullar bilan o’rab ko’ring. Agar sharf juda dag’al yoki o’ta yumshoq bo’lsa, uni sotib olmaganingiz ma’qul.
Neytral rangdagi liboslar uchun yorqin rangli sharf tanlanishi lozim. Amma unutmang, sharf teringiz rangiga ham mos tushishi kerak.
Tantanalar uchun tilla yoki kumushrang ip va yaltiroq kukun bilan ishlov berilgan sharflar tanlagani yaxshi. Bunday sharf bilan oddiygina qora libos ham ajoyib ko’rinadi. Sharfning eni ham muhim ahamiyatga ega. Bo’yni uzun qizlar enli sharf tanlaganlari ma’qul. Bo’yni qisqaroq qizlar esa ensiz sharf tanlasalar nur ustiga a’lo nur. To’ladan kelgan honimlar yupqa sharf tanlasalar ajoyib ko’rinishga ega bo’ladilar.
Сообщения из Facebook