просмотров
Diqqatga sazovor joylar
El-Badi saroyi
El-Badi saroyi hukmdor Ahmad al-Mansurning Portugaliya ustidan qozongan g’alabasi timsoli bo’lib, saroy 1578- 1603 yillarda barpo qilingan. U Mag’ribning betakror arxitektura namunasi sanaladi.
Ahmad al-Mansur hashamat tushunchasini juda yaxshi ko’rgani uchun saroyni barpo qilishda uning imkon qadar ulug’vor ko’rinishiga diqqat qaratgan.
Saroyga oltin, feruza, billur va kamyob marmar, irland graniti, hind oniksi, qimmatbaho yog’och turlari bilan bezak berilgan. Ushbu boyliklar sulton tomonidan Marokashga Portugaliya ustidan qozonilgan g’alabadan keyin olib kirilgan.
Sulton qarorgohida 36- ta xona, ulkan hovli, bog’lar, haybatli basseyn mavjud.
Baxiya saroyi
Baxiya saroyi mamlakatning asosiy turistik maskanlaridan bri bo’lib, qadimiy Marokash shahrida joylashgan. Saroy 1880 yilda qurilgan hamda mavritancha uslubda yaratilgan. Ushbu saroy 8 gektar maydonni egalaydi. Bir zamonlar saroyda vazirlik qilgan Sidi Mussa sevimli ayoli uchun mamlakatdagi eng chiroyli saroylardan birini qurishga qaror qilgan. Vazirning oila a’zolari aynan mana shu saroyda hayot kechirishgan.
Aytishlariсha saroyning asl go’zalligini uning faqatgina ichki tomonidan ko’rish mumkin. Vazir saroy go’zaligini boshqalarning ko’ziga tashlanib turish istagida bo’lmagan. Shu sababli ham bino tashqaridan qaraganda unchalik chiroyli ko’rinmaydi. Biroq, bu shunchaki birinchi taasurot,holos.
Ichki bino betakror naqshlar, gullar, favvoralar bilan bezatilgan.
Sahroi Kabir
Sahroi Kabir yer sharidagi eng katta cho’lli hudud bo’lib, Shimoliy Afrikadan 5000 kilometrga qadar cho’zilgan. Ushbu hududga borish va uni o’z ko’zlaringiz bilan ko’rish ham oson ish emas. Bunga mamlakatlardagi siyosiy vaziyat imkon bermaydi. Ammo, Marokashga tashrif buyurgan vaqtda Sahroi Kabirga tashrif buyurish imkoni sizda paydo bo’ladi.
Qiziqarli faktlar
Marokash ko’p yillar davomida Fransiyaning mustamlakasi bo’lgan. Shu sababli ham mamlakatdagi aksariyat fuqarolar fransuz tilida bemalol gaplasha oladi.
Marokash dirxami AQSh dollariga nisbatan eng barqaror valyutalardan biri sanaladi.
Hukumat tepasiga yangi qirol kelgan vaqtda barcha milliy valyutalardagi suratlar almashtiriladi. Avvalgi hukumdor surati o’rnini yangi qirol rasmi egallaydi.
Marokash Afrikaning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda turizm va savdo-sotiq juda rivojlangan.
Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashning Fece shahrida joylashgan. U 859 yildan boshlab talabalarni qabul qiladi.
Marokashda muhabbat timsoli bizning tasavvurimizdagi kabi yurak emas jigar hisoblanadi.
Marokash shahridagi uylarning aksariyati yorqin rangda bo’lgani sababli uni “qizil shahar” deb ham ataydilar.
Marokashda oq rang motam timsoli sanaladi.
Сообщения из Facebook