Sitrus mevalarning salomatlik uchun foydalarini bilasizmi?
Sitrus mevalarning salomatlik uchun foydalarini bilasizmi?
Organizmimiz uchun foydali vitaminlarga boy ikki sitrus mevaning hususiyatlari bilan tanishing.

Barchamizga yaxshi tanish bo’lgan ananasning asl vatani Janubiy Amerika hisoblanadi.

Olimlar uning tarkibida oqsillarga ta’sir ko’rsatuvchi bromelayn moddasi borligini aniqlaganlaridan so’ng, uning foydali hususiyatlari bot-bot ta’kidlana boshlandi. 

Fermentative kompleks – bromelayn, oqsil parchalanish jarayoninu jadallashtiradi. Ushbu proteazlar zararlab, kasallik paydo bo’lishining oldini oladi. Bromelayn ananas tarkibidagi yagona foydali modda emas, albatta. Ananas iste’mol qilish tromboz va tromboflebitning paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, tarkibida foydali moddalar qonni suyultirib, uning yopishqoqlik darajasini pasaytiradi.

Ananas shishlarga qarshi ta’sir ko’rsatib, buyrak va yurak-tomir tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Bunday hollarda shifokorlar kuniga yarimta ananas tanovul qilishni yoki bir stakan ananas sharbati ichishni maslaxat beradilar. 

Ushbu ekzotik meva qon tomirlari devoridagi qatlamlarni bartaraf qilishi bilan ham foydalidir. Ananasni muntazam ravishda iste’mol qilish mushak va bo’g’im og’riqlaridan xalos etadi degan qarashlar ham mavjud. 

Ananas tarkibida oqsil, shaker, limon va askorbin kislotasi mavjud. Bundan tashqari, u B guruhi vitaminlari, A  provitamini, C, RR va boshqa vitaminlarga boy. Ananas tarkibida magniy, kalsiy singari mineral modda va mikroelementlar mavjud. Ushbu meva tarkibidagi  xushbo’y moddalar soni oltmishdan oshgani bois, uning ifori juda yoqimli.  

Ananasning eng foydali hususiyatlaridan biri ortiqcha vazndan halos bo’lishda yordam berishdir. Demak, mukammal qomatga ega bo’lishni istaganlar ushbu tropik mevadan ko’proq iste’mol qilishlari kerak.  

Ananas kosmetologiyada dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo’llaniladi, shu bilan birga yuzda yog’li yaltirashlar paydo bo’lishining oldini oladi.

Mandarin

Mandarin ko’pchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda ko’p miqdorda C vitamin (askorbin kislotasi) mavjud bo’lib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, V1, V2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi.

Tarkibida ko’p miqdorda limon kislotasi bo’lgani tufayli, u o’zida nitratlar va boshqa zararli komponentlarni to’plamaydi.

·      Mandarin kuz qish mavsumida organizm tomonidan yo’qotilgan vitaminlarni tiklay oladi. U chanqoqni tez qondirib, tanani kerakli miqdordagi askorbin kislotasi bilan to’ldiradi, shamollash va isitmani tushirishda juda tez ta’sir etadi.

·      Mandarin shamollashda qo’l keluvchi mikroblar bilan kurashish hususiyatiga ega. Po’sti yo’talni yengillashtirib,ovqatni tez hazm qilishga yordam beradi.

·      Ushbu sitrus meva shishlarga qarshi kurashib, tarkibidagi sinefrin bronxlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

·      Mandarin iste’moli yurak kasalliklari rivojlanish havfini kamaytiradi, aterosklerozning oldini olib, tomir devorlarida xolestirin yig’ilib qolishiga to’sqinlik qiladi.

·      Mandarinni mag’zini o’rab turgan oq to’ri bilan birga iste’mol qilish kerak, sababi, uning tarkibida yurak-tomir tizimini mustaxkamlovchi glikozidlar mavjud.

·      Mandarinlar antidepressantlar bilan a’lo darajada bellasha oladi. Uning sharbati, yoqimli olovrang tusi esa asab tizimini tinchlantirish va organizmning umumiy to’nusini ko’tarish hususiyatiga ega.

·      Mandarinning po’sti pektin moddalari,efir moylari, organik kislotalar va flavonoidlarga juda boy. Biroq ayrimmandarin  yetishtiruvchilar unga aynan po’sti orqali kimyoviy ishlov beradilar, hatto yaltirab turishi uchun  maxsus mum sepish hollari ham uchrab turadi. Bunday mandarinlar po’stini iste’mol qilish salomatlik uchun katta xavf tug’diradi.

Xomiladorlikning ikkinchi uch oyligida aksariyat hollarda C vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi. Ana shu vaqtda mandarin beminnat yordamchiga aylanishi mumkin. Biroq mandarin iste’moli bo’lajak ona va rivojlanayotgan bola uchun allergiya xavfini keltirib chiqarish ehtimolidan holi emas. Shu sabab, xomilador ayollar organizm uchun o’ta zarur bo’lgan mandarin iste’moli meyorini unutmagani ma’qul.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook