просмотров
Ayrim ixlosmand ayollar va chekka qishloqlarda hanuzgacha bunday idishlar ishlatayotganliklarini ko’rish mumkin. Bu kabi idishlarda saqlanadigan yemishlar uzoq vaqt mobaynida o'z hususiyatini saqlab turadi. Yog’ochda oshlovchi modda mavjud bo’lib, bu bakteriyalar ko’payishining oldini oladi. Taom tez buzilishidan saqlaydi va inson organizmi uchun foydali moddalarni saqlab qoladi.
Shunday qilib aytishimiz mumkinki, yog’och o’zidagi foydali hususiyatni taom orqali insonga yetkazib beradi. Murabbo tayyorlashda yog’och qoshiqning ahamiyati juda yuqori. Murabbo tayyorlashda mevalar metall idishda ezilib ketadi, yog’och idishda esa butunligicha turadi. Ovqatlar va shifobaxsh giyohlar tayyorlashda yo’g’och qoshiqdan foydalanilsa sabzavot va giyoh tarkibidagi vitaminlar parchalanmaydi. Eng muhimi zararli ishqorlanish yuz bermaydi.
Sopol idishlar ham inson qo’l mehnati mahsulidir. Avvallari hattoki sopol tovoqda suv qaynatishgan, taomlar tayyorlashgan. Ovqatlar pishirishda idishlar shakli ham muhim ahamiyatni kasb qilgan. Pastki qismi keng, og’zi esa tor idishda taom xil xil bo’lib pishadi. foydali moddalarni saqlab qoladi.
Xozirgi kunda ham sopol ko’zachalarda sho’rvalar tayyorlanadi. Chunki ko’pchilik bu usuldagi taomning foydali hususuyatlaridan habardor. Hozirgi kunda yupqa alyumin va boshqa metallardan tayyorlangan zamonaviy idish tovoqlar paydo bo’ldi. Tog’ri shu kabi idishlarga ham ko’nikib qolganmiz. Biroq sizga sopol va yog’och idishlardan ham foydalanib ko’rishni maslaxat beramiz.
Сообщения из Facebook