просмотров
Tilla tishlar
O‘z vaqtida og‘izni to‘ldirib turgan tilla tishlar odamlar uchun boylik hamda hashamat timsoli bo‘lgan. Ammo, ushbu tushunchani bugungi kunga kelib mutlaqo urfdan qolgan deb ham bo‘lmaydi, aslida. Rep ijrochilaring aksariyat qismi tilla tishlar mavzusiga hozirgi vaqtga qadar murojaat qilishadi.
Garnitura
Ruminiya, Vengriya, Moldava garnituralari o‘z vaqtida qanchalar talabgir bo‘lganini eslay olasizmi? Ularni bugungi kunda ham ayrim insonlar uyida hamon uchratish mumkin. Bu turdagi mebellar xonaning bir tomonidagi devorni to‘liq qoplab turgan, unga ko‘p sonli billur idish hamda kitoblar terib qo‘yilgan.
Billur
Bugungi kunga kelib billur buyumlar qadri anchagina tushib ketgani bor gap. O‘z vaqtida bu turdagi buyumlar ayollarning maqtanishga arziydigan "boyligi" hisoblangan. Ularni ulkan uy jihozi ichiga chiroyli ko‘rinishda terib qo‘yishgan.
Uy telefoni
O‘z vaqtida qo‘shnilar uyingizga qo‘ng‘iroq qilib olish uchun tashrif buyurganlari haqida eslay olasizmi? Uy telefonlari odatda nufuzli insonlardagina mavjud bo‘lardi. Boshqalar esa yaqin insonlariga qo‘ng‘iroq qilib olish uchun qo‘shnilar telefonidan foydalanishgan.
Mo‘ynali qalpoq va yoqa
Mo‘ynali qalpoq va libosning yoqa qismi o‘z vaqtida ayollar uchun hashamat hamda boylik timsoli hisoblangan. Bunday libos harid qilish barcha ayollarning orzusi bo‘lgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Serviz
SSSR davrida to‘y va shu kabi muhim hodisalar uchun mehmonlar tomonidan taqdim etiladigan eng hashamatli sovg‘alardan biri servizlar bo‘lgan. Bu turdagi servizlar ham yillar davomida javon ichida yasatilgan holatda turgan va faqatgina muhim hodisalar vaqtida "tashqariga chiqqan".
Bolalar aravachasi
Ushbu buyumni harid qilish ham o‘sha davrlarning asosiy muammolaridan biri edi. Ayrimlar uni ijaraga berish punktlaridan olib ishlatgan bo‘lsalar, bunday baxtga muyassar bo‘la olmagan ayollar farzandlarini qo‘lda ko‘tarib yurishga majbur bo‘lishgan. Bolalar aravachasi ma’lum do‘konlardagina sotilgan va uni sotib olishga ham barchaning cho‘ntagi dosh bera olmagan.
Сообщения из Facebook