просмотров
Daniel bolaligidan otasining ishlariga yordam berar, biroq uning billurlarning jilosi emas, musiqa ohanglari ko’proq qiziqtirardi.
Uning skripkaga bo’lgan muhabbati muvaffaqiyatsizlikka uchragach, oliy ma’lumot olish uchun Parijga qarab yo’l oladi. Parijda bo’lib o’tgan texnika va ilmiy yutuqlar ko’rgazmasida u elektr toki yordamida shishani silliqlash mumkinligini bilib oladi.
Oradan o’n yil o’tgach, Swarovski elektr yordamida shisha silliqlovchi mashina ixtiro qildi. Ushbu vaqtda u Vattes ( Avstriya) qishlog’ida edi, keyinchalik bu yerda birinchi Swarovski fabrikasi ishga tushiriladi.
Daniel Swarovski insoniyatning billur kristallariga bo’lgan muhabbatini brilliant nusxalari bilan qondirishning uddasidan chiqa oldi. Bundan avval bu ishni Jorj Federik Stress amalga oshirishga harakat qilgandi. (Straz atamasi uning ismidan kelib chiqqan). Daniel Swarovski bir necha yil deganda toshlarni qirralash va silliqlashni mukammal darajaga yetkazdi.
U o’z ishini birinchi namunalarini Sankt-Peterburg va Parijga yuboradi, bunday go’zallikdan hayratga tushgan moda ishqibozlari Danielni buyurtmalarga ko’mib tashlaydi. Ushbu muvaffaqiyatdan so’ng uning kompaniyasi va bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Swarovski nomini oldi.
1911 yili Daniel o’g’illari bilan birgalikda mukammal shaffof billur eritish mashinasini o’ylab topdi.
Billur qirralash bilan ko’pchilik shug’ullanishga harakat qilib ko’rgan bo’lsa-da, biroq Swarovski toshlarini tayyorlash usuli bugunga qadar sir bo’lib kelmoqda. Yillar o’tgani sari Swarovski mahsulotlari tobora mashxurlikka erishib, oxir- oqibatda moda olamida o’z o’rniga ega bo’ldi. Ushbu toshlar Marlen Terner va Maykl Jekson liboslari, Shanel, Kristian Dior, Iv Sen-Loran liboslar uyi mahsulotlarini bezadi.
Swarovski kompaniyasi yuz yillik yubileyi munosabati bilan billur g’or ko’rinishidagi muzey oshilish taqdimotini o’tkazdi. Muzey darvozasiga ko’llari billurdan ishlangan va og’zidan sharshara quyilib chiqadigan katta odam tasviri ishlangan. 8 yil davomida ushbu muzeyga 5 million odam tashrif buyurdi.
Ushbu kompaniya sifatli taqinchoqlar uchun ishlatiladigan toshlarning 80 foizini ishlab chiqaradi.
Сообщения из Facebook