просмотров
Biz sizga odamlarga o'ta og'ir sharoitlarda omon qolishga imkon bergan g'aroyib kuch haqida ba'zi qiziqarli hikoyalarni aytib beramiz. Kuchli bo'ling!
Robertsonlar oilasi
38 kun davomida Robertson oilasi ochiq dengiz kengliklarida sarson-sargardonlikda qolib ketdi. Oilaning otasi Dugal Roberson, oila a’zolarini sayohatga olib chiqishga qaror qildi: sarguzashtlarga chanqoq bo’lgan bu britaniyalik fermer “Lyusetta” nomli shxuna (kichik yelkanli kema) sini olib kelib, oila a’zolari bilan birgalikda noma'lum tomonga yo'l oldi. O’n yetti oy davomida quvnoq oila muammo nimaligini bilmasdan okeanlarni kezib yurishdi. Ammo 1972 yil 15 iyunda bu bolalar nahang baliqlar to’dasiga duch keldilar. Kitlar shxunaga hujum qilib, uni ikkiga bo’lib yuborishdi. Butun oila bitta qayiqqa ko’chib o’tdi. Ular yomg’ir suvi va Galapagos orollari yaqinida juda serob bo’lgan toshbaqalar go’shtini iste’mol qilib, omon qoldilar. Biroq oldinda ularni yangi sinovlar kutib turgan edi – oila o’tirgan qayiqda to’satdan teshik hosil bo’ldi va u asta-sekin cho’ka boshladi. Bu ham yetmaganday ularni och qolgan akulalar to’dasi o’rab oladi. Robertsonlar o’limni bo’ynilari endi olib turganlarida, oxirgi daqiqalarda yapon baliqchilari yordamga yetib keladilar. Ular akulalar to’dasini haydab, halokat yoqasida turgan oilani deyarli g’arq bo’layozgan qayiqdan chiqarib oladilar.
Xarrison Okene
2013 yil 28-may kuni g’avvoslar Nigeriya sohillari bo’yida cho’kib ketgan Jakson-4 kemasining halokati sababini o’rganmoqda edilar. Ular uchun kutilmagan ish bo’ldi: u yerda tirik qolgan inson bor edi, uning ismi Harrison edi. Harrison kema oshpazi bo’lgan. U kema halokatga uchrab, ag’darilayotgan paytda hojatxonada bo’lgan. Oshpaz tuzoqqa tushgan edi – biroq xayriyat, bu yerda havo pufagi paydo bo’ldi. Bechora oshpaz uch kun suv ostida o’tirdi va qaytib chiqishdan umidini uzgan edi. Ammo birdaniga bolg’alarning ovozini eshitib qoldi. Dayverchilar bahtiyorlikdan hayratda qolgan oshpazni chiqarib oldilar: Okene o’ziga-o’zi boshqa hech qachon kemaga chiqmaslikka so’z berdi.
Endurance ekspeditsiyasi
Ernest Sheklton Janubiy qutbni zabt etishga borishdan qo’rqmadi. Uning 28 kishidan iborat guruhi butun qit’ani aylanib chiqib, ularni boshqa tomondan kutib turadigan kemaga chiqishlari kerak edi. Rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan avval muammolar boshlangan edi. Shekltonning enduransi muzga tiqilib qoldi va odamlar qayiqlardan foydalanishga majbur bo’ldilar. Yaxshiyamki Sheklton nafaqat tajribali, balki omadli komandir ham bo’lib chiqdi: bu xavfli ekspeditsiyadan barcha ishtirokchilar qutilishga muvaffaq bo’lishdi.
Julian Margaret Kyopke
Bu irodasiga har qanday erkak kishining havasi keladigan ayol haqidagi voqeadir. Juliana onasi bilan birga LANSA Flight 508 samolyotining yo’lovchilari sifatida parvoz qilayotgan edi. To’satdan ob-havo yomonlashib, samolyotni chaqmoq uradi va u halokatga uchraydi. Qiz boshqa yo’lovchilar singari vahimaga tushmasdan, o’rindiqqa mahkamroq o’rnashib olib, duo qila boshlaydi. Samolyot uch ming metr balandlikdan qulab, to’g’ri djungliga ag’dariladi. Qiz daraxtlarning shox-shabbalariga ilinib omon qiladi, biroq qattiq shikastlanadi. Olgan jarohatlari va og’riqnimg zo’ridan hushgini yo’qotadi. Ertasiga o’ziga keladi, ammo yurishga madori, yeb-ichishga narsasi yo’q. Juliana shunda ham o’zini yo’qotmadi, halokatga uchragan samolyotda yolg’iz omon qolgan 17 yoshli qiz, kimsasiz junglida, yovvoyi hayvonlar, ilonlar yurgan o’rmondan chiqa olib, odamlar yoniga borishga erishdi. Halokatning o’ninchi kuni qirg’oq bo’yidagi motorli qayiqni ko’rib qoladi va odamlar yaqin orada ekanliklarini tushunib yetadi. To odamlar kelgunlariga qadar u jarohatlariga benzin bilan ishlov beradi. Odamlar haqiqatdan ham qayiq tomon kelishadi va hushidan ketgan qizni topishadi. Uni qayiqda avval qishloqlariga, so’ngra u yerdan esa kasalxonaga yetkazishadi.
Сообщения из Facebook