просмотров
Tikish tarixi 20 ming yil oldingi bo’lgan davrga borib taqaladi. Qadimgi odamlar bigizning qadimi ko’rinishida hayvon terisini teshib, ularning paylarini teshiklaridan o’tkazib, o’zlariga “kostyum” tikkanlar. Toshlardan hayvonlarning suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy G’arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bog’langan, o’simliklardan qilingan iplar igna sifatida hizmat qilgan.
Ilk po’lat igna Xitoyda yasalgan. Eramizdan avvalgan III asrda angishvona ham Xitoyda kashf qilingan. Mavritaniya (qadimgi Afrikaning shimoli-g’arbiy hududlari, zamonaviy Jazoir g’arbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarni G’arbga olib borishgan.
Ignalar ommaviy ishlab chiqarilishi XIV asrga kelibgina Nyurnbergda, keyinchalik esa Angliyada ham boshlagan.
Mexanizatsiyalashgan sanoat yordamida dastlabki igna 1785 yilda ishlab chiqarilgan.
Zamonaviy qaychining birinchi ajdodi Qadimgi Misr harobalaridan topilgan. Butun metallar bo’lagidan yasalgan bu qaychilarning yaratilish sanasi eramizdan avvalgi XVI asrga borib taqaladi. Xozirgi ko’rinishdagi qaychilar esa Leonardo da Vinchi tomonidan ixtiro qilingan.
Tugmachalar
Qadimgi kishilar o’z liboslarini o’simliklar tikanaklari, hayvonlar suyaklari va tayoqchalar yordamida birlashtirishgan. Qadimgi Misrda to’qalardan foydalanilgan yoki kiyimning bir qismi boshqa bo’lakdan qilingan teshigiga kirgizilgan, yoki bo’laklar uchlari shunchaki bir biriga bog’langan. Tugmachani aynan kim ixtiro qilgan noma'lum: ba’zi olimlar bu yunonlar yoki rimliklar, boshqalari- tugmacha osiyodan kelgan deb aytadilar.
Ular ko’pincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar XIII asrga kelib keng tarqalgan. Deyarli XVIII asrgacha tugma boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi bo’lgan: qirollar va zodagonlar o’zlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan. XVIII asr boshlarida tugmachalar metal va misdan yasala boshlagan. Bugungi oddiy vositaga aylangan tugmachalar XIV asrgacha shunchalik qimmat mahsulot hisoblanganki, ular kiyimdan kiyimga tikilib kelgan.
Сообщения из Facebook