просмотров
Uddaburonlik bilan bajarilgan muyulishlar va manzarali oyna devor bu uyni juda jozibador qilib,uni boshqa qurilmalar qatoridan ajratib turadi.
MVRDV dizaynerlik studiyasi tomonidan tashkil etilgan Casa Kwantes kotedjining qurilishi oxirlab qoldi. Loyihani amalga oshirish mohiyati shunda ediki, maqsad - xayoliy yopiqlikni ta'minlash. Shuning uchun ham kompaniya dizaynerlari o’ta behadliklar– dag’allik va egiluvchanlik, yopiqlik va ochiqlik, yassilik va muyulishlilikning muvozanatiga rioya qilish ustida ko’p ishladilar.
Bu xususiy qarorgoh tashqaridan o’tkir burchakli bahaybat bir to’rtburchak qutiga o’xshab ketadi, ammo hovliga qarab turgan uning ichki tomoni buning mutlaq aksi — u juda ochiq hamda o’tkir burchaklarning o’rniga bu yerda silliqqina muyulgan chiziqlar mavjud.
Noyob kottedjning umumiy maydoni 480 m2 ga teng, u to’laligicha oq g’ishtdan qurib chiqilgan. Oynalar soni o’ta minimallashtirilgan. Uyga kirib olish esa juda ham oson emas, chunki uning ichiga kirish eshigi sirli tahmonda “yashiringan”.
Hovli tomonidagi oynalar ortidagi uzun koridor bilan dahlizdan ko’zni quvontiruvchi juda betakror manzarali ko’rinish vujudga keladi. Ushbu uy o’zining silliq “egiluvchan” muyulishlari bilan yarim qurshab turgan hovlidagi yirikkina zaytun darahti manzarani o’ziga xos fayzu tarovat bilan to’ldirib turadi.
Ikkinchi qavatga ikkita zinapoya olib chiqadi. Bu yerda kottedj egalari uchun balkonlarga ega bo’lgan keng yotoqxonalar joylashgan. Poldan shiftgacha bo’lgan manzarali oynalar tufayli xonalar kunduz kuni doimo tabiiy yorug’likka to’lib turadi.
Uyning qurilishida uning egalari nafaqat uning go’zalligi, balki uning ekologik jihatlarini ham hisobga olganlar. Kottedj uyning ostiga o’rnatilgan geotermal nasos bilan va tomga o’rnatilgan quyosh batareyalari bilan jihozlangan, shuning uchun ham u quvvat bilan o’zini o’zi ta’minlaydi.
Сообщения из Facebook