просмотров
Agar siz bu to’g’risida, ya’ni ingliz tili haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni xohlasangiz quyidagi maqolada ingliz tili imlosining qoidalari, so’z turkumlari va boshqa yana ko’p narsalar to’g’risida ma’lumotlarni topasiz.
Buyuk Britaniya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari
Ushbu ikki malakatning o’rtasida hanuzgacha jamiyat uchun tushunarsiz bo’lib kelayotgan til munosabatlari shakllangan. Ular orasidagi nizolar allaqachonlardan beri vujudga kelgan. Har bir mamlakat bu tilga o’zi tomondan yangiliklar kiritishga harakat qiladi. Amerikaning yosh avlodiga taniqli bo’lgan Noa Uebster lug’atning o’zi kashf etgan variantini o’rganishni taklif qilgan.
Shunday payt ham bo’lganki bu tilda gapirish taqiqlangan. Bunday qonun 1969 yilda AQSHning Illinoys shtatida chiqqan. Ularning rasmiy tili amerika tili deb tan olingan. Birinchi qarashda ularning orasida hech qanday farq ham yo’qday tuyuladi, ammo aslida esa ingliz tilining 24 shevasi mavjud. Bu turli asarlarning mualliflari bo’lgan yozuvchilar uchun mislsiz qiyinchiliklar tug’diradi. Mana, masalan mashhur qahramon Garri Potter to’g’risidagi kitob. Uni butun Amerika aholisi bemalol o’qiy olishi uchun ingliz tilidan Amerikacha ingliz tiliga tarjima qilishga to’g’ri kelgan.
Ingliz tili harflari
Juda qiziqarli fakt aniqlangan! Lug’atda eng ko’p uchraydigan harf - E, eng kam uchraydigani esa - Q.
Amerikadagi ingliz tili bilan bevosita tanish bo’lganlar bir hil harflar turli talaffuz qilinishi mumkinligini juda yaxshi biladi. Hammasi gap va uning intonatsiyasiga bog’liq. Gapdagi bitta harf bir necha xarf birikmalariga ega bo’lishi mumkin.
Ingiz tilini lug’atining interpretatsiyasida yana bir harf bo’lgan. Bu o’ziga hos “&” ishorasi ham so’zlarda uchrab turgan. Uning hozir bo’lishi so’zning ma’nosini zarracha o’zgartirmagan, shuning uchun ham bugungi kunda bu harf ingziz tilidagi so’zlardan chiqib ketgan bo’lsa kerak.
Ingliz tilining so’zlari
Deryali har bir tilda o’zining talaffuzi, imlo qoidalari va jaranglashi bilan ajralib turadigan so’zlari bor. Ingliz tili ham bundan mustasno emas. Keling bir necha misolni ko’rib chiqaylik: rhythms so’zining tarjimasi - ritmlar. Bu so’zda birorta ham unli harf yo’q va u ingliz tilida bu tarzdagi eng uzun so’z deb hisoblanadi.
Indivisibiliti –bu birlik. E’tibor bergan bo’lsangiz (i) unli harfi bu so’zda 7 marta uchraydi. Bu so’z ingliz tili uchun eng oddiy so’zlardan bittasi.
Keyingi so’z -set. Birinchi qarashda mittigina bo’lib ko’ringan bu so’z fe’l uchun 44 xil, ot uchun 17 xil va sifat uchun 7 xil ma’noga ega. Bu hali hammasi emas! Ushbu so’z talaffuzining juda ko’p variantlari mavjud. Bu so’zning xilma-xilligi tarjimani qiyinlashtiradi, shuning uchun ham so’zning talaffuzi bilan butun gapning ma’nosiga chuqur e’tibor berish kerak.
Ingliz tilida eng uzun so’z hisoblanadigan so’z ham mavjud - bu Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis. Bu so’z ingliz tilida haqiqatdan ham ishlatilishiga ishonish qiyin. U kasallikni va uning nomlanishini anglatuvchi gap sifatida tarjima qilinadi. Xatto oddiy lug’atda ham tasavvufli holatlar uchrab turadi. Uzoq 1932 yildan 1940 yilga qadar dord – sharpa so’z mavjud bo’lgan.Uning hech qanday ma’nosi bo’lmagan, chunki u anglashilmovchilik natijasida lug’atga qo’shilib qolgan.
Ingliz tilidagi gaplar
Tez aytish o’yini nafaqat boshqa tillarda, ingliz tilida ham uning o’ziga yarasha o’rni bor. Masalan ularning biri – The sixth sick sheik's sixth sheep's sick.
Harflarni yaxshilab o’rganish uchun ingliz tilining barcha harflari hozir bo’lgan gap ham mavjud.
“I am” bilan “Ido” so’z iboralarini deyarli har bir maktab o’quvchisi biladi. Bu iboralar eng qisqa gaplar.
Eng uzun gapga kelsak, uning tarkibida 13 955 nafar so’z bor.
Ingliz tilining tarixiy merosi
Ingliz tilining dunyoga kelish tarixi o’z ildizlari bilan Germaniya tomonga qarab ketadi. O’rta asrlarda Germaniyaning qabilalari qachonlardir rimliklar tomonidan o’zlashtirilib olingan Britaniya yeriga bostirib kirgan va muloqot davomida yangi tushunarsiz til vujudga kelgan. Qadimiy ingliz tili hozirgisidan farq qiladi. Masalan: “bride” so’zining tarjimasi "kelin", qadimiy tilda esa bu yegulik tayyorlash jarayonining anglatgan.
O’sha davrlardan buyon ko’p so’zlar o’zgatirilgan, so’zlarning nafaqat jaranglashi-yu ma’nosi, imlo yoidalari ham o’zgarib ketgan. Yana shunisi ma’lumki, 15 asrga qadar bu tilda tinish belgilari umuman bo’lmagan.
Bu til boymi yoki kambag’almi?
Ingliz tilini sevuvchilarning ko’pchiligi bu til soddaligi va kundalik hayotiyligi tufayli juda ommalashib ketganligi to’g’risidagi nazariyani doim ta’kidlaydilar. Biroq bu nazariya rad qilinishiga loyiq. O’zingiz tasavvur qilib ko’ring – aynan shu tilda tahminan 800 mingdan ortiq so’z bor. Nafaqat so’zlar, balki sinonim qatorlari ham o’zining talaffuz etilishi bilan juda boy. Masalan: “drunk” so’zining tarjimasi "mast" ma’nosini beradi, bu oddiy so’zning 2241 sinonimi mavjud, bu juda katta son. Bu rekord xatto Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Bunaqasini boshqa birorta tilda ham topa olmasligingiz aniq.
Ingliz tili birjoyda turib qolgani yo’q, u doimo yangi so’zlar bilan yangilanib boryapti. Bu ham tilni yaxshiroq o’rganib olish uchun juda zarur.
Yuqorida keltirilgan faktlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu til hali juda uzoq yillar (ehtimol asrlar) davomida insoniyat muloqot uchun foydalanib kelayotgan tillarning tojdori bo’lib qoladi. Uni o’rganish tinmay rivojlanishga tayyor barcha talabalar, o’quvchilar va oddiy odamlarning asosiy maqsadi bo’lib boradi.
Сообщения из Facebook