просмотров
1. Surat chizilgan bochkalar
Bo’yoqlar bilan qurollangan holda odatda o’g’itlar, yomg’ir suvi yoki ahlat uchun mo’ljallangan eskizlangan bochkalarni tubdan o’zgartirib yuborish mumkin. Yangilangan bochkalardala-hovlingizning yorqin va o’ziga hos bezagi sifatida xizmat qiladi.
2. Plastikdan kompozitsiyalar
Plastik –juda shubhali material, undan tayyorlangan narsalar juda bachkana bo’lib ko’rinishi mumkin. Ammo, agar kompozitsiyalarning yaratilishiga salgina hafsala-yu tasavvur hamda aql bilan yondoshilib, ularni darahtlarning soyasiga joylashtirilsa atigi qandaydir tiyinlarga tushadigan manzaraning juda noyob bezagiga erishish mumkin. Masalan, plastik butilkalardan haqiqiysiga juda o’xshash palmalar, qushlar va hayvonlarning shakllarini yaratish mumkin.
3. Saranjom yo’lakchalar
Katta bo’lmagan arralangan yog’och bo’laklarini saranjom-sarishta bog’ yo’lakchalarini yotkizish uchun ishlatish mumkin.Albatta, bunday yo’lakchalar eskirish jihatidan beton yo’lakchalarga yeta olmaydi, lekin ularning tayyorlash uchun harajatlari ham juda kam.
4. Gullayotgan komod
O’ta ixtirochan dala-hovli egalari allaqachon eski mebelni tashlab yuborishdan bosh tortganlar. Buning o’rniga ular eski shkaflar, tumbalar, stullar bilan rakovinalarni yorqin gulzorlarga aylantiradilar. Mana bu gullayotgan komodga bir nazar tashlang – uning har qayerida faqat gullar o’sadi. Bu eski mebeldan foydalanishga ijodiy yondoshishning betakror namunasi.
5. Dekorativ hovuzcha
O’z hududingizda mittigina bo’lsada hovuzchangiz bo’lishini orzu qilasizmi? Unda orzuingizni ro’yobga chiqarish uchun sizga bolalar vannachasi kerak bo’ladi. Uni yerning ichiga qisman ko’mib o’rnating, ichiga suv to’ldiring, yon qirg’oqlarini esa toshlar-u tirik o’simliklarning butalari bilan bezang.
6. Dekorativ bog’
Har bir dala-hovli egasida eskirgan, dastaksiz va tubi teshilib ketgan chelak topiladi. Bu chelakni endi ishlatib bo’lmaydi, albatta. Biroq, uni tashlab yuborishga shoshilmang, chunki undan chiroyli dekorativ kompozitsiyalar yaratish mumkin. Oddiygina qilib unga tuproq to’ldiring, maysa eking, yuzada kichgina favvoracha, rangli toshchalardan mittigina yo’lakchalar, devor, o’yinchoq uycha va shu kabi boshqa narsalarni yasab o’rnatib qo’ying. Tayyor kompozitsiyani ayvonning oldiga, orqa hovliga yoki gulzorli bog’ning o’rtasida o’rnatib qo’ysangiz ham bo’ladi.
7. Terma naqshli yo’lakchalar
Bog’ yo’lakchalari o’ta zerikarli va befayz bo’lib ko’rinmasligi uchun betondan tashqari yorqin ranglarga bo’yalgan yassi mayda toshlardan foydalaning.
8. Tipratikan
Plastik butilkalar bilan ipdan ignalarning o’rniga o’t o’sadigan ajoyib tipratikanlarni yasash mumkin. Tayyor shaklchalarni gulzorga yoki bog’ ichiga joylab qo’ysangiz u ham chiroyli bir bezak vazifasini bajarib turadi.
9. Gulli choynak
Eskirib ketgan choynakni gul o’stirish uchun juda o’ziga xos idishga aylantirish mumkin. Bu tarzda yaratilgan guldonning ko’rkiga ko’rk qo’shish uchun uni chiroyli bezakli chizgilarni tushiring, mitti toshlar, yoki shunga o’xshash boshqa narsalarni yopishtirib chiqing.
10. Devorni plastik qopqoqlar bilan bezash
Devorning ichki tomonida plastik qopqoqchalardan terib chiqilgan bejirim manzara. Bunday san’at asarini yaratish uchun juda ko’p vaqt, sabr va musavvirlik qobiliyati kerak, albatta. Ammo, rangli qopqoqchalardan eng oddiy bezaklarni yaratish deyarli har kimning qo’lidan keladi.
11. Romlar va qutilar
Ijodiy odam istalgan, xatto, bir qarashda eng keraksiz bo’lib tuyulgan narsalar uchun ham ishlatish o’rnini topa oladi. Bunga yorqin misol – mana bu xonaki o’simliklar, yog’ochli deraza romlari va oddiy qutilardan yaratilgan betakror kompozitsiya.
12. Eski uslubdagi jomadon
Eski uslubdagi jomadon –interyer uchun qanday bo’lsa shahar orti dala-hovlisi uchun ham xuddi shunday ajoyib topilma. Bu topilma ishlatishning eng oddiy usuli – unga tuproq to’ldirib gul ekib qo’yishdir. Ochiq jomadonni ayvonda, dahlizning oldida joylashtirib qo’yish yoki bog’da juda effektli kompozitsiya yaratish uchun undan foydalanish mumkin.
13. Osma gulzor
Eski deraza eshiklarini osma gulzorlar uchun ishlatish mumkin. Uni oddiychasiga uyning old tomoniga yoki dala-hovlining istalgan boshqa qurilmasiga qatirib o’rnatib qo’ying, unga gul ekilgan tuvakchalarni ilib qo’ying.
14. Xushchaqchaq parovozcha
Aql bovar qilmaydi, ammo bitta katta xodadan ajoyib parovozcha bilan unga ulangan gulzor-vagonchalarni yaratsa bo’ladi. Bunday kompozitsiya xohlagan gulzorning yaqqol ko’zga tashlanar qismi bo’lib qolishi shubhasiz, albatta.
15. Qo’ra bezagi
Oddiy beton qo’rasi yoki gulhan o’rnini mayda yassi toshlar bilan bezash mumkin. Agar qo’rani yanada ko’rkamroq qilmoqchi bo’lsangiz, bo’yalgan toshlarni ishlating.
16. Anjomlar uchun organayzer
Yog’ochli qurilish taglikdan kurakcha, ketmon, xaskash uchun juda qulay va noyob organayzer yasab olsangiz bo’ladi. Bunday buyum dala-hovlingizning uslubiyligiga juda mos keladi hamda ombor yoki garajingizda ham tartib, saranjom-sarishtalikka erishtiradi.
17. Osma o’tzor
Uyning devorini bezash bilan birga hududingizda talaygina joyni tejab qolish imkonini yog’och taglikda tashkil qilingan osma o’tzor beradi.
Сообщения из Facebook